O'zbekiston

Endi kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi muammolar tezkor hal etiladi

Bu bo‘yicha Prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.

Endi kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi muammolar tezkor hal etiladi

 

2023 yil 1 oktyabrdan Adliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kadastr agentligi, Soliq qo‘mitasi va boshqa davlat organlari axborot tizimlaridagi munitsipal mulklar to‘g‘risidagi maʼlumotlar ushbu tizimlarni o‘zaro integratsiya qilish orqali “Raqamli Toshkent” kompleks dasturiga yuklanadi

 

2024 yil 1 yanvardan munitsipal mulklarning har biriga nisbatan samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari belgilanadi va ularning bajarilishi “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan monitoring qilinadi.

 

Toshkent shahridagi davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari hamda kichik sanoat zonalarida tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan ijara to‘lovi miqdorlari har yili 31 dekabrgacha bozor tamoyillari asosida belgilanadi.

 

2023 yil 1 oktyabrdan Toshkent shahrida belgilangan obyektlar negizida Kompaniya tomonidan loyiha qiymati 1 million AQSH dollarigacha ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi.

 

2024 yil 1 yanvargacha kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari axborot tizimlarini “Raqamli Toshkent” kompleks dasturiga integratsiya qilish orqali muammolarni aniqlash va tezkor hal etish tizimi joriy qilinadi.

 

2024 yil 1 martdan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgaztaʼminot” AJ korxonalarining Toshkent shahri filiallari “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ va “Toshkent shahar gaz taʼminoti” MCHJ sifatida qayta tashkil etiladi.

 

2024 yil 1 yanvardan oqar suv, jumladan texnik suv resurslaridan to‘lov asosida foydalaniladi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"