O'zbekiston

O'zbekistonning bir qator hududlarida elektr energiyasida uzilishlar kuzatilmoqda

Ob-havoning isishi sababli Toshkentda elektr energiyasida cheklovlar kiritilayotgan bo'lsa, Sirdaryoda elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan

O'zbekistonning bir qator hududlarida elektr energiyasida uzilishlar kuzatilmoqda

 

Energetika vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, Sirdaryo viloyatidagi 3 ta tumanning ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.

 

Qayd etilishicha, Sirdaryo viloyatidagi 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan. Buning natijasida Guliston, Boyovut va Sayhunobod tumanlari iste’molchilari qisman elektr ta’mnotidan uzilgan.

 

Shuningdek, vazirlikning xabar berishicha, soat 17:25 da Toshkent shahridagi “Bibliotechnaya” podstansiyasida ham nosozlik yuzaga kelgan. Buning natijasida Olmazor tumani iste’molchilari (jami 930 ta) qisman elektr ta’mnotidan uzilgan.

 

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ xabariga ko'ra, ob-havoning keskin isishi natijasida elektr energiyasida yuqori iste’mol kuzatilayotganligi sababli elektr uzatish liniyalari, podstansiyalar hamda taqsimlash qurilmalarida vujudga kelishi mumkin bо‘lgan yirik avariyaviy holatlarni oldini olish maqsadida Toshkent shahrining ayrim hududlarida vaqtinchalik cheklovlar kiritilmoqda.

 

Jumladan, poytaxtning Yashnobod, Olmazor, Mirobod, Yakkasaroy, Shayxontohur, Chilonzor va Sergeli tumanlarining ayrim ko‘chalarida cheklovlar joriy etilgan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"