O'zbekiston

Olmaliqda o‘quvchi qizning o‘limiga sababchi bo‘lgan yigitga hukm o‘qildi

Shu yilning may oyida Damas haydovchisi svetoforning qizil chirog‘iga to‘xtamay, ikki o‘quvchi qizni urib yuborgan, ulardan biri 9 kun o‘tib shifoxonada vafot etgandi.

Olmaliqda o‘quvchi qizning o‘limiga sababchi bo‘lgan yigitga hukm o‘qildi

 

Shu yilning may oyida Damas haydovchisi svetoforning qizil chirog‘iga to‘xtamay, ikki o‘quvchi qizni urib yuborgan, ulardan biri 9 kun o‘tib shifoxonada vafot etgandi.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmaliq shahar sudi mazkur ishni ko‘rib chiqib, haydovchisiga nisbatan hukm chiqardi. Bu haqda "Almalikskiy rabochiy" gazetasi xabar berdi.

 

Nashrning yozishicha, 15 may kuni soat taxminan 07:50 larda 19 yoshli S. Xidirov otasiga tegishli Damas avtomobilida Tinchlik ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotgan bo‘lgan. 21-maktab hududida svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga eʼtibor bermay, harakatlanishda davom etib, piyodalar o‘tish joyidan ko‘chani kesib o‘tayotgan 2009 yilda tug‘ilgan ikki nafar 7-sinf o‘quvchisini urib yuborgan. Qizlar turli darajadagi tan jarohatlari bilan Olmaliq markaziy shifoxonasiga yetkazilgan.

 

Bosh suyagi ochiq jarohati, bosh suyagi asosi sinishi, miyaga qon quyilishi, qorin bo‘shlig‘i shikastlanishi, tos suyagi o‘ng tomonining sinishi, miya shishi, ko‘plab jarohatlar va butun tanasida gematomalar olgan qizlardan biri to‘qqiz kundan keyin kasalxonada vafot etadi.

 

Sudda sudlanuvchi o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lgan. Sud uni O‘zbekiston JKning 266-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topib, 6 yil muddatga manzil-koloniyada ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"