O'zbekiston

Respublikaning qator hududlarida o‘qishga kiritib qo‘yish uchun pul olgan OTM xodimlari ushlandi

Xususan, Andijon davlat tibbiyot instituti dekan o‘rinbosari, Buxoro davlat pedagogika instituti xodimi va boshqa bir qator shaxslar qo'lga olindi

Respublikaning qator hududlarida o‘qishga kiritib qo‘yish uchun pul olgan OTM xodimlari ushlandi

 

DXX respublikaning qator hududlarida OTMga o‘qishga kiritish bilan bog‘liq noqonuniy holatlarga chek qo‘ydi.

 

Jumladan, DXXning Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hududiy boshqarmasi va viloyat IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon shahrida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan shaxs fuqaroni Andijon davlat tibbiyot institutiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 19 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Tezkor surishtiruv harakatlari davomida, mazkur fuqaro ushbu pul mablag‘idan 16 ming AQSH dollarini Andijon davlat tibbiyot institutida dekan o‘rinbosari lavozimida ishlovchi shaxsga berishi kerakligi maʼlum bo‘lib, so‘ralgan pulni olgan vaqtida u ham ushlandi.

 

Bundan tashqari, mazkur noqonuniy ishga aloqador bo‘lgan ushbu oliy o‘quv yurtining o‘qituvchisi ham ushlandi.

 

Shuningdek, Yuqorichirchiq tumanida yashovchi shaxs 2 nafar fuqaroni Chirchiq davlat pedagogika universitetining boshlang‘ich taʼlim yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 12,5 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

 

DXXning Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro davlat pedagogika instituti xodimi 2 nafar fuqaroni mazkur oliy o‘quv yurtining harbiy taʼlim fakultetiga o‘qishga kirish uchun bo‘ladigan imtihonlardan o‘tkazib qo‘yish evaziga 5 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 4 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

 

DXXning Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va IJQKD hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Guliston tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan shaxs Farg‘ona viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaroni Guliston davlat universitetining jismoniy tarbiya yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4 ming AQSH dollari talab qilib, 3900 AQSH dollari va 1 mln 150 ming so‘m olgan vaqtida ushlandi.

 

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi, 1995 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan shaxs o‘zganing ishonchiga kirib, uning o‘g‘lini Qozog‘istondagi universitetning 2-bosqichini tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjatlarni rasmiylashtirib, O‘zbekistondagi oliy taʼlim muassasalaridan birining 3-bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1600 AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga olindi.

 

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Samarqandda MIB orqali garovdagi mulk topilib, xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro bankdan olgan qarzini to‘lamay kelgan. Garov evaziga qo‘yilgan avtomashinasini esa yashirib qo‘ygan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

Davlat rahbari safarini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi

Yuk mashinasi harakatlanib ketayotgan vaqtda bola piyodalar o‘tish joyidan yugurib chiqqan.

custom img

Qo‘qondagi ko‘p qavatli uyda portlash yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Tergov-tezkor guruhi tuzilib, hodisa sabablarini aniqlash va hujjatlashtirish ishlari boshlangan.

custom img

Misrda vafot etgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga qaytarildi

Elchixona diplomatlari tomonidan mahrumning yaqinlariga aviakompaniya bilan bog‘liq va dafn marosimlari kabi tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam berildi.

custom img

Jizzax viloyatida ta’lim sohasi mansabdori pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi

U Maktabgacha ta’lim tashkilotida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga muassasa rahbaridan 4 million 800 ming so‘m pul talab qilgan.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada bolani yuqori kuchlanishli tok urdi

Hodisa oqibatida bolaning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetgan.

custom img

Toshkentning 9 ta hududida yangi jamoat parklari barpo etiladi

Prezident poytaxtda urbanizatsiya jarayonlari va yashil hududlarni kengaytirish boʻyicha takliflar bilan tanishdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"