O'zbekiston

Nodavlat tashkilotlarning xorijiy grantlarni amalga oshirish tartibi soddalashtiriladi

Endilikda nodavlat tashkilotlarining grant loyihasini amalga oshirish yuzasidan TIV xulosasini olish tartibi bekor qilinadi

Nodavlat tashkilotlarning xorijiy grantlarni amalga oshirish tartibi soddalashtiriladi

 

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga "Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ijtimoiy foydali dasturlar va loyihalar amalga oshirilishida ijtimoiy sheriklik hamda xalqaro hamkorlikni yana-da qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qonun loyihasi joylashtirildi.

 

Loyiha nodavlat tashkilotlari tomonidan tashqi manbalardan pul mablag‘i olish hamda grant loyihalarini amalga oshirish tartibini yana-da takomillashtirish va soddalashtirishni nazarda tutadi.

 

Shuningdek, loyiha quyidagi talablarni bekor qilishni ko‘zda tutadi:

 

  • nodavlat tashkilotlarining grant loyihasini amalga oshirish yuzasidan Tashqi ishlar vazirligining xulosasini olish;

  • grant loyihasini amalga oshirishga biriktirilgan milliy hamkor tomonidan loyihaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda uning muddatini belgilash yuzasidan takliflar va tavsiyalar berish;

  • qiymati BHMning 2 000 baravarigacha bo‘lgan grant loyihasi

  • "yo‘l xaritasi"ni milliy hamkor bilan birgalikda tasdiqlash;

  • qiymati BHMning 2 000 baravari va undan yuqori bo‘lgan grant loyihasi "yo‘l xaritasi"ni Vazirlar Mahkamasi bilan kelishish;

  • grant loyihasi "yo‘l xaritasi" ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilishlar o‘tkazish, grant loyihasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qarorlarni Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishish;

  • grant loyihasi "yo‘l xaritasi" ijrosi yakuni bo‘yicha umumlashtirilgan maʼlumotni Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

  • Adliya vazirligi tomonidan milliy hamkordan "yo‘l xaritalari"ning ijrosi bo‘yicha joriy va yakuniy maʼlumotni so‘rab olish;

  • davlat va nodavlat tashkilotlari o‘rtasida imzolanadigan memorandumlar loyihalarini Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligiga ko‘rib chiqish uchun kiritish.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"