O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Olmazorga bordi

Prezident Xastimom mahallasida bo‘lib, xonadonlardagi sharoitlar bilan tanishdi hamda aholi bilan suhbatlashdi.

Shavkat Mirziyoyev Olmazorga bordi

 

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Olmazor tumanidagi Xastimom mahallasida bo‘ldi. Prezident matbuot xizmati xabariga ko'ra, bu yerda 1 ming 500 nafardan ziyod aholi yashaydi. Ularning ko‘pchiligi hunarmandchilik va savdo bilan shug‘ullanadi.

 

 

Davlat rahbari xonadonlardagi sharoitlarni kirib ko‘rdi, aholi vakillari bilan suhbatlashdi. Nuroniylarning mahalladagi turmush tarzi, yoshlarning kasb-kori haqida so‘z bordi. Tinchlik-osoyishtalik, xonadonlarga fayzu baraka tilab duo qilindi.

 

 

"Maʼlumki, mamlakatimizning barcha hududlarida ’Obod mahalla‘, ’Obod qishloq‘ dasturlari amalga oshirilmoqda. Yo‘llar, muhandislik tarmoqlari taʼmirlanib, xonadonlarga fayz kirmoqda. Bu mahallani ham ’Obod xonadon‘ dasturi asosida yaxshilash ko‘zda tutilmoqda. Har bir insonga munosib sharoit yaratish maqsadimiz va burchimiz", – dedi Prezident.

 

 

Davlat rahbari uylarda tashkil etilgan hunarmandlik ustaxonalari va mahalladagi kichik ko‘rgazmani ko‘zdan kechirdi. O‘zini o‘zi band qilishni kengaytirish, turistlar uchun savdo va xizmatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"