O'zbekiston

Prezident kafel va keramogranit mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonaga bordi

Shavkat Mirziyoyev hokimlar bilan Toshkent shahri tumanlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Prezident kafel va keramogranit mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonaga bordi

 

SHavkat Mirziyoyev 2019-yilda Chilonzor tumaniga tashrifi chog‘ida "Oriyent keramik" korxonasini borib ko‘rgan, uning faoliyatini kengaytirish muhimligini aytgan edi. Shundan so‘ng Sergeli tumani hududida yana bir zavod qurilib, xorijdan ilg‘or texnologiya keltirib o‘rnatildi. Korxona shu yil iyun oyida faoliyat boshlab, 450 kishi ish bilan taʼminlandi.

 

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyev uning ish jarayoni bilan tanishib, mahsulotlar sifatini ko‘zdan kechirdi.

 

 

Qayd etilishicha, bu loyihaning qiymati 42 million dollar bo‘lib, yiliga 10 mln kvadrat metr kafel va keramogranit mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Mahsulotlar deyarli yuz foiz mahalliy xomashyodan tayyorlanishi bois xorijnikidan bir necha barobar arzon. Ularning sifatli, turli rang va hajmda ekani bozorbopligini taʼminlamoqda.

 

Ilgari bunday katta o‘lchamdagi keramogranit kafellar yurtimizga import qilinar edi. Endi ularning o‘rnini to‘ldirish bilan birga, mahsulotlarning yarmini eksport qilish ham mumkin. Davlat rahbari ushbu korxona tajribasi asosida yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

 

Bundan tashqari, shu yerda Toshkent shahri tumanlari hokimlari bilan muloqot bo‘ldi. Ular tadbirkorlik, bandlik, bunyodkorlik loyihalari yuzasidan axborot berdi.

 

"Islohotlarimiz, hududlarga berayotgan imkoniyatlarimiz natijasida hokimlarning dunyoqarashi o‘zgarayapti. Bugun Toshkent tumanlari katta-katta marralar qo‘yyapti. Eng katta masalalar – ishsizlikni kamaytirish, investitsiya olib kelish va eksport. Mana, ’20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis‘ dasturini boshladik. Bu ham aholi, ham tadbirkorlar uchun katta imkoniyat. Yana bir muhim vazifa – ’Yashil makon‘ umummilliy loyihamiz. Ko‘chat ekish, bog‘ yaratish ishlarini davom ettirish, yashil hududlarni ko‘paytirish, odamlarning dam olishi uchun sharoit tashkil qilish kerak", – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Tadbirkorlik, raqamlashtirish, xizmatlar sohasida xorij tajribasini o‘rganish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"