O'zbekiston

O‘zbekistonda jazoni o‘tab chiqqan shaxslarni ishga olganlarga subsidiya beriladi

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni kasb-hunarga o‘qitish, ularga tadbirkorlik ko‘nikmalari va xorijiy tillarni o‘rgatish tartibi yo'lga qo'yiladi

O‘zbekistonda jazoni o‘tab chiqqan shaxslarni ishga olganlarga subsidiya beriladi

 

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga "Aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj ayrim toifalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qonun loyihasi joylashtirildi.

 

Unda qayd etilishicha, 2023-yil 1-noyabrdan 2025-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlariga ishga qabul qilingan jazoni  ijro etish muassasalaridan ozod etilgan har bir shaxs uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida bir martalik subsidiya ajratish tartibi joriy etiladi.

 

Bunda subsidiya, ishga joylashtirilgan shaxs ish joyida kamida 3 oydan ortiq muddatda mehnat faoliyatini davom ettirgandan so‘ng to‘lanadi. Shuningdek, Ichki ishlar organlari tomonidan fuqaro jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilganligi to‘g‘risidagi maʼlumotni mehnat organlariga taqdim etib boriladi.

 

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni kasb-hunarga o‘qitish, ularga tadbirkorlik ko‘nikmalari va xorijiy tillarni o‘rgatish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

 

  • kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalarini o‘rgatishga oid maxsus o‘quv kurslari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan 2023-yil 1-noyabrdan boshlab "Ishga marhamat" monomarkazlari, kasb-hunarga o‘qitish markazlarida tashkil etiladi;

  • xorijiy tillarni o‘rgatish huquq-tartibot organlarining oliy taʼlim muassasalarida Ichki ishlar vazirligi tomonidan  2023 yil 1 noyabrdan boshlab masofaviy taʼlim shaklida tashkil etiladi;

  • Bunda, kasb-hunar, tadbirkorlik ko‘nikmalari va xorijiy tillarni o‘rgatish xarajatlari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining tegishli jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"