O'zbekiston

Jizzaxda davlat xaridlarida 14 mlrd so'mlik qonunbuzilish holatlari aniqlandi

Viloyatdagi 11 ta tuman tibbiyot birlashmalari tomonidan o‘tkazilgan 65 ta davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida qonun buzilishlari aniqlangan.

Jizzaxda davlat xaridlarida 14 mlrd so'mlik qonunbuzilish holatlari aniqlandi

 

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Jizzax viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi davolash profilaktika muassasalari tomonidan autsorsing xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha (issiq ovqat bilan ta’minlash) davlat xaridlarini amalga oshirishda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi hamda “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunlarga rioya etilganligi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi.

 

O‘rganishlarda 2022-yil va 2023-yilning o‘tgan davrida 11 ta tuman tibbiyot birlashmalari tomonidan o‘tkazilgan jami 65 ta holatda qiymati 14 423 400 000 so‘mlik davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilishi aniqlangan.

 

Qayd etilishicha, o‘rganish natijalari bo‘yicha ma’lumotlar tegishli chora ko‘rish uchun viloyat prokuraturasiga taqdim qilingan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"