O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Toshkentni aylanib, infratuzilma loyihalarini ko‘zdan kechirdi

Prezident mutasaddilarga Botir Zokirov va Navoiy ko‘chalari kesishmasida yo‘l o‘tkazgich qurish, piyodalar yo‘laklarini qulaylashtirish zarurligini taʼkidladi. Shuningdek, Toshkent-Sharqiy aeroporti qurilishini ham ko‘zdan kechirdi hamda manzarali daraxtlar manzarali daraxtlar ekish kerakligini aytdi.

Shavkat Mirziyoyev Toshkentni aylanib, infratuzilma loyihalarini ko‘zdan kechirdi

 

Shavkat Mirziyoyev 20-iyul kuni Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. 

 

So‘nggi yillarda Tashkent city majmuasida ulkan inshootlar barpo etildi. Ayni paytda uning “Paxtakor” metro bekati tarafida yirik savdo markazi qurilmoqda. Davlat rahbari bu yerda bo‘lib, piyodalar va avtomobillar uchun sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Kelgusida harakat yana-da ko‘payishini inobatga olib, Botir Zokirov va Navoiy ko‘chalari kesishmasida yo‘l o‘tkazgich qurish, piyodalar yo‘laklarini qulaylashtirish zarurligini taʼkidladi.

 

 

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Navoiy, Oybek, Nukus ko‘chalari bo‘ylab yurib, yo‘llardagi sharoitni ko‘zdan kechirdi, odamlar bilan suhbatlashdi. 

 

Transport infratuzilmasi bilan bog‘liq yana bir loyiha – Toshkent xalqaro aeroporti yonidagi ko‘prik. Avtomobillar qatnoviga qulaylikni oshirish maqsadida u kengaytirilib, qo‘shimcha estakada qurilmoqda. Uning uzunligi 650, eni 30 metr bo‘ladi. Aylanma shaklidagi chiqish-tushish yo‘llari qayrilib olish xavfini yo‘qotib, harakatni osonlashtiradi.

 

Prezident bu yerdagi qurilish jarayonini ko‘rdi, atrofni ko‘kalamzorlashtirish, manzarali daraxtlar ekish kerakligini aytdi.

 

"Bugun poytaxtimizning Yashnobod tumanida ham bunyodkorlik jadal. Shu bois yashil bog‘larni saqlab qolish juda muhim. Abdulla Qodiriy va Kichik halqa yo‘li orasidagi Elbek bog‘i ana shunday so‘lim maskanlardan. Davlatimiz rahbari bu bog‘ni asrash, aholining dam olishi uchun sharoitlarni kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi", —  deyiladi xabarda.

 

Shavkat Mirziyoyev, Shuningdek, “Toshkent-Sharqiy” aeroporti qurilishini ham borib ko‘rdi.

 

Bu aeroportning umumiy maydoni 693 gektar. Loyihaga ko‘ra, unda 4 kilometr uzunlikdagi uchish-qo‘nish yo‘lagi, zamonaviy terminallar, samolyotlar uchun angar va perronlar bo‘ladi. Aeroport noqulay ob-havo sharoitlarida ham uchish-qo‘nishni taʼminlovchi ICAO III-A toifasidagi zamonaviy radiotexnika va meteorologiya asbob-uskunalari bilan jihozlanadi.

 

 

Bugungi kunda uchish-qo‘nish yo‘lagi va yuqori martabali mehmonlar terminali binosi barpo etilgan. Prezident ularni ko‘zdan kechirdi. Galdagi qurilish ishlarini moliyalashtirish, terminalning tashqi ko‘rinishi va delegatsiyalar uchun qulayliklarni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"