O'zbekiston

Qoraqalpog'istonda ikkita bug'uning jasadi topildi

Hayvonlar brakonyerlar tomonidan qo‘yilgan tuzoqqa tushgan. Brakonyerlar esa voqea joyida o'zlari uchun tashkil qilingan pistirmani payqab, qochib ketishgan.

Qoraqalpog'istonda ikkita bug'uning jasadi topildi

 

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, 16-iyul kuni soat 06:00 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatining Beruniy davlat o‘rmon xo‘jaligi uchastkasida 2 ta Buxoro bug‘usining jasadi topilgan. Ular brakonyerlar tomonidan qo'yilgan tuzoqqa tushgan.

 

Hayvonlarning nobud bo‘lishiga aloqador shaxslarni aniqlash maqsadida inspektorlar tomonidan voqea joyida pistirma tashkil qilingan. Natijada bir necha soat o‘tgach, niqobli ikki noma’lum shaxs pistirmaga yaqinlashgan, ammo inspektorlarni payqab, voqea joyidan yashirinishgan.

 

Qayd etilishicha, Quyi Amudaryo qo‘riqxonasi inspektorlarining o‘tkazgan tezkor harakatlari natijasida Beruniy tumani IIB xodimlari bilan hamkorlikda voqeaga aloqador brakonyerlar — Beruniy tumani Biybozor qishlog‘ida yashovchi 1993-yilda tug‘ilgan Sh.A., 1990-yilda tug‘ilgan R. B. va 1985-yilda tug‘ilgan I.D.lar qo'lga olingan.

 

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Beruniy tumani IIB tomonidan hayvonlarning nobud bo‘lganligi fakti yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"