O'zbekiston

Telefonidan nashida topilgan yigitga nisbatan chiqarilgan sud hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi

Ayblanuvchi Telegramdagi sinfdoshlar guruhiga Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasi bilan "aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan" deb topilgan diniy qo‘shiq yuborgan

Telefonidan nashida topilgan yigitga nisbatan chiqarilgan sud hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi

 

Oliy sud matbuot xizmatning xabar berishicha, bugun, 17-iyul kuni Toshkent viloyat sudida 2002-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan yigitga oid jinoyat ishi uning himoyachilari tomonidan jinoyat ishlari bo‘yicha Oqqo‘rg‘on tuman sudining 8-maydagi hukmi ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatlariga asosan apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni yakunlandi.

 

Unga ko`ra, Toshkent viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasining ajrimi bilan birinchi instansiya sudining ayblanuvchiga nisbatan chiqarilgan hukmi o‘zgarishsiz, shikoyatlar esa qanoatlantirilmasdan qoldirildi.

 

Qayd etilishicha, ushbu ajrim ustidan Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼatiga kassatsiya tartibida shikoyat berilishi yoki protest bildirilishi mumkin.

 

Maʼlumot uchun, 21 yoshli Jahongir Ulug‘murodov 2022-yilda sinfdoshlari mavjud Telegram guruhga YouTube‘dagi diniy qo‘shiq — nashida uchun havola yuborgan. Nashida Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasi bilan "aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan" deb topilgan. Natijada ayblanuvchiga nisbatan 3 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"