O'zbekiston

Qashqadaryoda 21 yoshli qizni behayo rasmlarini tarqatish bilan qo‘rqitgan "kuyov bola" ayol kishi bo‘lib chiqdi

Holat yuzasidan ayol kishiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 22 yoshli ayolning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligi yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qashqadaryoda 21 yoshli qizni behayo rasmlarini tarqatish bilan qo‘rqitgan "kuyov bola" ayol kishi bo‘lib chiqdi

 

IIV Kiberxavfsizlik markazining xabar berishicha, Qashqadaryoda 21 yoshli qizni behayo rasmlarini tarqatish bilan qo‘rqitgan yigit ayol kishi bo‘lib chiqdi.

 

Maʼlum qilinishicha, Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumanida yashovchi 21 yoshli ayol ariza bilan murojaat qilib, Telegramda “Farrux-96” nomli profil egasi, uning turli behayo tasvirlari bo‘lgan videolarini ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, tarqatmaslik evaziga pul talab qilayotganligini bildirgan.

 

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumanida yashovchi 22 yoshli ayol sodir etgani aniqlangan.

 

Aniqlanishicha, u Telegramda o‘zini Farrux deb tanishtirib, jabrlanuvchini yaxshi ko‘rib qolgani hamda unga uylanish maqsadi borligini aytib, uning ishonchiga kirish orqali uning turli fotosuratlari va behayo videotasvirlarini qo‘lga kiritib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qo‘rqitgan. 

 

Natijada tarqatmaslik evaziga gumonlanuvchi o‘zining bank kartalariga jami 14 mln 300 ming so‘m pulni o‘tkazib olgan va o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 22 yoshli ayolning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligi yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"