O'zbekiston

O‘zbekistonda ilk bor 8 mln tonna g‘alla yetishtirildi

Qaysi xo‘jaliklarda yuqori hosildorlik kuzatilgani aytildi.

O‘zbekistonda ilk bor 8 mln tonna g‘alla yetishtirildi

 

Qayd etilishicha, bugungi kunga qadar respublika bo‘yicha fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan jami 8,1 mln tonnadan ortiq don yetishtirildi. Suvli maydonlarda o‘rtacha hosildorlik 70,5 sentnerdan ortdi

 

Jami 75 ta tijorat vakillari tomonidan 2 722 ming tonna, jumladan 2 456 ming tonna tovar don, 2024 yil hosili uchun 265,6 ming tonna sara urug‘lik don jamg‘arildi.

 

G‘alla hosildorligi Buxoro viloyatida 74,8 s/ga, Toshkentda 74,2 s/ga, Samarqandda 73.8 s/ga, Farg‘onada 73,7 s/ga, Andijonda 73,5 s/ga, Xorazm 73 s/ga, Surxondaryoda 72,3 s/ga, Sirdaryoda 72,1 s/ga, Namanganda 72,6 s/ga ni tashkil qildi.

 

“Hosildorlikni oshirish maqsadida biologik eskirgan navlar o‘rniga yangi yuqori hosilli, ob-havoning noqulay sharoitlariga chidamli 12 ta kuzgi bug‘doy navlarining maydoni 585 ming gektarga kengaytirildi”, deyiladi vazirlik sarhisobida.

 

G‘allaning rivojlanish fazalari va navlarining pishish holatidan kelib chiqib, Surxondaryo viloyatida 22 may, Qashqadaryoda 24 may, Sirdaryo, Toshkent va Buxoroda 29 may, Jizzaxda 31 may hamda Farg‘ona va Navoiyda 2 iyun, Andijon, Samarqand va Xorazmda 5 iyun hamda Qoraqalpog‘iston respublikasida 8 iyundan g‘alla o‘rim ishlariga kirishildi.

 

Quyidagi xo‘jaliklar 95-100 sentner hosildorlikka erishdi:

 

Mirzacho‘l tumanidagi “Og‘abek Sobirovich”;

Uchqo‘rg‘ondagi “Farhod zamin tolasi”, “Toshpo‘lat hoji ota”;

Kattaqo‘rg‘ondagi “Jamolov Lutfullo dalalari”;

Angordagi “Ikki do‘st Surxon Angor”;

Jarqo‘rg‘ondagi “Otaqum Umidli Baraka”, “Mirkamol Dostonovich”, “Toshmurod bobo Abdulloh”;

Qumqo‘rg‘ondagi “Xurshid Jo‘rayev”;

Boyovutdagi “Bekzod Obloqulov”, “Mehnatkashga omad yor”, “Sayohat zavqi”;

Bekoboddagi “Boqiyeva Nazira agro”;

Yuqori Chirchiqdagi “Ibrohim agro fayz”;

Buvaydadagi “Alqor agrotex”, “Buyuk Zafar”;

Quvadagi “Komiljon Dilafruz Ismigul”.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"