O'zbekiston

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi faoliyatida ko`plab qonunbuzilish holatlari aniqlandi

Jumladan, oliygohga o‘qishga qabul qilishda shaffoflik taʼminlanmasligi, oylik maoshlarga asossiz qo`shib yozishlar va boshqa holatlar aniqlangan.

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi faoliyatida ko`plab qonunbuzilish holatlari aniqlandi

 

Bosh prokuratura tomonidan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi faoliyati o‘rganilganida, oliygohga o‘qishga qabul qilishda shaffoflik ta’minlanmasdan, korrupsiyaviy omillarga zamin yaratilgani aniqlandi.

 

Jumladan:

 

  • me’yoriy hujjatlar talablariga zid ravishda o‘qishga qabul boshlangani haqida keng jamoatchilikka bir oy oldin xabar berilmagan;
  • 496 nafar abituriyentning ijodiy imtihon natijalari videotasvirga olinmagan;
  • 52 nafar abituriyentning amaliy ishlari shifrlanmasdan, maxfiyligi ta’minlanmagan holda qabul komissiyasi tomonidan baholangan.
     

Bundan tashqari, akademiyada 22 nafar o‘qituvchi-pedagoglarga dars mashg‘ulotlari me’yor talablariga zid ravishda qo‘shib yozilib, 319 mln so‘m, o‘tilmagan dars soatlari uchun 154 mln so‘m to‘lab berilgan.

 

Shuningdek, hujjatlar soxtalashtirilib, haqiqatda ishlamagan 7 nafar xodimlarga 270 mln so‘m, yuklatilgan vazifalarni bajarmagan 6 nafar xodimlarga 107 mln. so‘m asossiz to‘lanib, byudjet mablag‘lari o‘zlashtirilgan.

 

Shu bilan birga, moddiy javobgar shaxslar tomonidan 76 mln so‘mlik tovar-moddiy boyliklar kamomadiga yo‘l qo‘yilgan.

 

Aniqlangan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"