O'zbekiston

O`zbekistonda har yili so‘z ustalari va qiziqchilar o‘rtasida musobaqa o`tkaziladi

Prezident farmoni bilan askiya va qiziqchilik sanʼati sohasida taniqli ijodkorlarning mahorat maktablari tashkil etiladi. O‘zining mahorat maktabini yaratgan ijodkorlarga har oyda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida ustama beriladi

O`zbekistonda har yili so‘z ustalari va qiziqchilar o‘rtasida musobaqa o`tkaziladi

 

Prezident farmoni bilan askiya va qiziqchilik sanʼati sohasida taniqli ijodkorlarning mahorat maktablari tashkil etiladi. O‘zining mahorat maktabini yaratgan ijodkorlarga har oyda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida ustama beriladi.

 

Prezidentning "Respublikada milliy askiya va qiziqchilik sanʼatini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi.

 

Unga ko‘ra, Marg‘ilon shahrida Madaniyat va turizm vazirligi tizimida davlat muassasasi shaklida Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi respublika askiya va qiziqchilik sanʼati markazi tashkil etiladi.

 

Shuningdek, har yili so‘z ustalari va qiziqchilar o‘rtasida "Xush kayfiyat" respublika ko‘rik-tanlovi hamda askiya kechalari, askiya va milliy qiziqchilik sanʼatimizni jahon miqyosida targ‘ib qilish maqsadida har ikki yilda bir marta “Tabassum” xalqaro kulgi festivali hamda har yili askiya va qiziqchilar jamoalarining mahalliy gastrol safarlari tashkil etiladi.

 

Bundan tashqari, har yili kamida 25 ta yuksak badiiy saviyadagi Internet va ijtimoiy tarmoqlar uchun mo‘ljallangan audiovizual asarlar yaratish uchun davlat buyurtmasini berish, bunda eng keng ommalashgan 5 ta audiovizual asar ijodkorlarini Madaniyat va turizm vazirligi hayʼatining qarori bilan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

 

Shuningdek, davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari hamda davlat korxonalarining xodimlari  va ularning oila aʼzolari uchun ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"