O'zbekiston

«Kompromat ishi» bo‘yicha sud majlisi qachon bo‘lib o‘tishi maʼlum bo‘ldi

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha 19 nafar jabrlanuvchi orasida sobiq Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, sobiq Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi direktori va Andijon shahar hokimi ham bor.

«Kompromat ishi» bo‘yicha sud majlisi qachon bo‘lib o‘tishi maʼlum bo‘ldi

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha sud majlislari maʼlum qilinadigan ro‘yxatga ko‘ra, “Kompromat ishi” bo‘yicha sud majlisi 18 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudida bo‘lib o‘tadi.

 

Oliy sud 19 nafar jabrlanuvchilar ro‘yxatini eʼlon qildi. Ular orasida sobiq bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov va tashqi mehnat migrasiyasi agentligining sobiq rahbari Afzal Irmatov va Andijon shahar hokimi G‘ofurjon Abdurahmonov ham bor.

 

Shuningdek, jinoyat ish doirasida Human.uz sayti direktori Xurshid Daliyev, “O‘zbekneftgaz” AJ sobiq matbuot kotibi Siyovush Hoshimov va fuqaro Ahmadullo Ahmadjonov Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat), 165-moddasi (tovlamachilik), 184-moddasi (soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash), 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan ayblanmoqda.

 

Bundan tashqari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot kotibi (sobiq) Mavjuda Mirzayevaning ayblovida Jinoyat kodeksining 113-moddasi (tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish) va 165-moddasi (tovlamachilik) ham aks etgan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"