O'zbekiston

Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga yangi direktor tayinlandi

YTTBning Shimoliy Makedoniyadagi vakolatxonasiga rahbarlik qilgan Andi Aranitasi o‘z ishini Toshkentda davom ettiradi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga yangi direktor tayinlandi

 

Andi Aranitasi Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YETTB) O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori hamda rahbari etib tayinlandi.

 

Albaniya va Britaniya fuqarosi bo‘lgan janob Aranitasi ishlab chiqarish, telekommunikatsiya, agrobiznes, mulk va turizm hamda energetika sohalarida 25 yildan ortiq tajribaga ega. YETTBdagi faoliyati davomida u bankning energetika bo‘limida turli yuqori lavozimlarda ishlagan va Turkiya hamda janubiy-sharqiy Yevropadagi energiya loyihalarini yaratish, amalga oshirish va portfelini boshqarish uchun masʼul bo‘lgan. Mazkur lavozimga tayinlanishidan oldin janob Aranitasi YETTBning Shimoliy Makedoniyadagi vakolatxonasiga rahbarlik qilgan.

 

"YTTBning eng dinamik bank va maslahat bo‘linmalaridan biriga masʼul etib tayinlanganimdan juda mamnunman. O‘zbekiston tez rivojlanayotgan iqtisodiyot bo‘lib, qayta tiklanadigan energiya manbalari va infratuzilmadan tortib, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishgacha bo‘lgan ko‘plab sohalarda katta tajriba va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni talab qiladi. Men o‘z tajribam va kuchimni mamlakat bilan hamkorlikni rivojlantirishga va 2023 yil oxirigacha tasdiqlanishi kerak bo‘lgan O‘zbekiston bo‘yicha yangi davlat strategiyamizni amalga oshirishga yo‘naltiraman", — dedi janob Aranitasi.

 

Andi Aranitasi mamlakat poytaxti Toshkentda faoliyat yuritadi va 2023 yil 1 sentabrdan o‘z ishini boshlaydi.

 

Janob Aranitasi janob Alkis Drakinosning o‘rnini egallaydi. Janob Drakinos 2017 yilda mamlakat bilan qayta aloqa o‘rnatilganidan beri bankning O‘zbekistondagi faoliyatini boshqarib kelgan va hozirda u Tbilisida joylashgan Kavkaz mintaqaviy vakolatxonasiga rahbar etib tayinlangan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"