O'zbekiston

Toshkent viloyatida ichki ishlar xodimlari rezina tayoqdan foydalanib, fuqaroga jismoniy kuch ishlatdi

Erkak pichoq bilan hech bir sababsiz notanish fuqaroning qorin qismiga pichoq bilan zarba bergan

Toshkent viloyatida ichki ishlar xodimlari rezina tayoqdan foydalanib, fuqaroga jismoniy kuch ishlatdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda “Gʻisht koʻprik bojxona posti oldida fuqaro Ichki ishlar xodimlariga pichoq bilan hujum qildi” mazmunli xabarlar koʻplab muhokamalarga sabab boʻldi. Holat yuzasidan Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi batafsil maʻlumot berdi.
 

Unga ko`ra, aniqlanishicha, 7-iyul kuni, Toshkent tumani hududi, “Gʻisht koʻprik” bojxona posti oldida, Sirdaryo viloyatida yashovchi 1965-yilda tugʻilgan fuqaro, hech bir sababsiz, yoʻl yoqasidan harakatlanib ketayotgan, oʻziga begona boʻlgan 40 yoshli fuqaroning qorin qismiga, yonida boʻlgan pichoq bilan toʻsatdan zarba berib, tan jarohati yetkazgan.

 

Natijada voqea sodir boʻlgan hududda xizmat olib borayotgan Toshkent viloyati IIBB PPX xodimlari ushbu shaxsning oldiga borib, undan zudlik bilan harakatlarini toʻxtatishni talab qilganlarida, fuqaro xodimlarga va atrofdagi boshqa fuqarolarga ham qoʻlidagi pichoq bilan tashlanib, tahdid qilgan.

 

“Xodimlar ushbu shaxsni, atrofdagi boshqa fuqarolarga ham shikast yetkazishini oldini olish maqsadida, xizmatda foydalanish uchun biriktirilgan maxsus rezina tayogʻini ishlatib, jismoniy kuch qoʻllagan holda fuqaroni qoʻlga olishgan va zararsizlantirilgan. Jarohatlangan fuqaro xodimlar tomonidan tezlik bilan shifoxonaga olib borilgan”, — deyiladi Toshkent viloyati IIBB xabarida.
 

 

Holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, gumonlanuvchi fuqaroning ruhiy holati yuzasidan psixologik ekspertiza tayinlangan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"