O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev MDH bosh kotibi bilan uchrashdi

Uchrashuvda ko‘p tomonlama sheriklikni kengaytirishga qaratilgan dastur va loyihalarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Shavkat Mirziyoyev MDH bosh kotibi bilan uchrashdi

 

Shavkat Mirziyoyev 10-iyul kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining kuzatuvchilar missiyasi boshchiligida O‘zbekistonda bo‘lib turgan ushbu tashkilot bosh kotibi Sergey Lebedevni qabul qildi. Uchrashuv avvalida MDH bosh kotibi davlat rahbarini prezidenti saylovida qozongan ishonchli g‘alabasi bilan samimiy tabriklab, unga baxt-saodat, mamlakat barqaror taraqqiyoti va ravnaqini taʼminlash yo‘lida muvaffaqiyatlar tiladi.

 

"Saylov xalqaro standartlarga to‘liq mos holda o‘tgani qayd etildi. Saylovchilar ishtirokining yuqori darajasi hamda ovoz berish natijalari aholi amalga oshirilayotgan islohotlar dasturini keng qo‘llab-quvvatlayotgani va unga ishonishidan dalolat ekani alohida taʼkidlandi", — deyiladi xabarda.

 

Shuningdek, uchrashuvda MDH doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

 

Xususan, keyingi yillarda O‘zbekiston Hamdo‘stlikning 40 dan ziyod bitimlarini imzoladi, 24 ta sohaviy organlariga qo‘shildi. Kuni kecha Toshkentda MDHga aʼzo davlatlar saylov komissiyalari rahbarlari maslahat kengashining birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi.

 

Bundan tashqari, uchrashuvda ko‘p tomonlama sheriklikni kengaytirishga qaratilgan dastur va loyihalarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"