O'zbekiston

O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallari Xitoyga yetkazib berilishi mumkin

O‘zbekiston va Xitoy hududlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi

O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallari Xitoyga yetkazib berilishi mumkin

 

O‘zbekistonning Guanchjoudagi Bosh konsulxonasi diplomatlari tashrif bilan Janubiy Xitoyning Guansi avtonom rayoniga bordi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
 

Safar davomida Guansi avtonom rayoni Tashqi ishlar departamenti bosh direktori o‘rinbosari Song Xay Jin, Tijorat vazirligi hududiy departamenti direktori o‘rinbosari doktor Yuye Syumey va Xitoy xalqaro savdoni rag‘batlantirish tashkiloti raisi Yang Yan bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

 

Uchrashuvlarda savdo-iqtisodiy hamkorlik, madaniy va turizm aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, hudud Tashqi ishlar departamenti rahbariyati bilan muloqotda hududlararo hamkorlik, madaniy va turizm aloqalarini rivojlantirish xususida fikr almashildi.

 

Tomonlar hududiy korxonalar o‘rtasida o‘zaro kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish va investitsiyalarni jalb qilish yuzasidan hamkorlikni chuqurlashtirish zarurligini taʼkidladi. Qishloq xo‘jaligi va turizm yo‘nalishlarida hamkorlik qilish uchun katta salohiyat mavjudligi qayd etildi.

 

Tijorat vazirligi hududiy departamenti direktori o‘rinbosari doktor Yuye Syumey bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida savdo-iqtisodiy va sanoat kooperatsiyasi sohasidagi hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. Xitoy xalqaro savdoni rag‘batlantirish tashkilotidagi uchrashuvda tomonlar hududiy tadbirkorlar va biznes vakillari ishtirokida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

 

Xitoy tomoniga mamlakatdagi biznes vakillari uchun yaratilgan imkoniyatlari va respublika tadbirkorlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan yuqori sifatli qurilish materiallari, ekologik toza qayta ishlangan mahsulotlarni Guansi bozoriga yetkazib berishga tayyorlik bildirildi.

custom img

Samarqandda MIB orqali garovdagi mulk topilib, xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro bankdan olgan qarzini to‘lamay kelgan. Garov evaziga qo‘yilgan avtomashinasini esa yashirib qo‘ygan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

Davlat rahbari safarini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi

Yuk mashinasi harakatlanib ketayotgan vaqtda bola piyodalar o‘tish joyidan yugurib chiqqan.

custom img

Qo‘qondagi ko‘p qavatli uyda portlash yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Tergov-tezkor guruhi tuzilib, hodisa sabablarini aniqlash va hujjatlashtirish ishlari boshlangan.

custom img

Misrda vafot etgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga qaytarildi

Elchixona diplomatlari tomonidan mahrumning yaqinlariga aviakompaniya bilan bog‘liq va dafn marosimlari kabi tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam berildi.

custom img

Jizzax viloyatida ta’lim sohasi mansabdori pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi

U Maktabgacha ta’lim tashkilotida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga muassasa rahbaridan 4 million 800 ming so‘m pul talab qilgan.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada bolani yuqori kuchlanishli tok urdi

Hodisa oqibatida bolaning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetgan.

custom img

Toshkentning 9 ta hududida yangi jamoat parklari barpo etiladi

Prezident poytaxtda urbanizatsiya jarayonlari va yashil hududlarni kengaytirish boʻyicha takliflar bilan tanishdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"