O'zbekiston

Ayrim tadbirkorlarga nisbatan soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi

Hukumat qarori bilan ayrim tadbirkorlarga nisbatan barcha turdagi soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi

Ayrim tadbirkorlarga nisbatan soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi

 

Hukumatning "20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis" dasturi doirasida tadbirkorlik subyektlariga soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalarni qo‘llash tartibi to‘g‘risida"gi nizomi qabul qilindi.

 

Nizomga ko‘ra, "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan fuqarolar kamida 1 yil davomida ish bilan taʼminlangan va ular jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etgan tadbirkorlar mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi, bunda:

 

  • 51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rinlari yaratadigan tadbirkorlar uchun mol-mulk va yer solig‘ining amaldagi soliq stavkasi 50 foizga; 

  • 101 tadan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratadiganlar uchun 75 foizga kamaytiriladi;

  • 200 tadan ortiq ish o‘rinlari yaratadiganlar mazkur soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi.

 

Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlarga barcha soliqlarni (QQS va soliq agentlari sifatida to‘lanadigan soliqlar bundan mustasno) taʼminotsiz va foizsiz quyidagi muddatlarga bo‘lib to‘lash huquqi beriladi:

 

  • 51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarga – 3 oy muddatda;

  • 101 tadan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarga – 6 oy muddatda;

  • 200 tadan ortiq yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarga – 12 oy muddatda.

 

Quyidagicha miqdorda yangi ish o‘rinlari yaratilgan taqdirda ularga nisbatan quyidagi tartibda soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi:

 

  • 51 tadan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarda soliq auditi o‘tkazilmaydi;

  • 200 tadan ortiq yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarda barcha turdagi soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi.

  • dasturga kiritilgan tadbirkorlar tomonidan bojxona tartib-taomillariga rioya etilgan holatlarda ularga nisbatan «yashil yo‘lak» tartibi qo‘llaniladi.

 

Shuningdek, bojxona to‘lovlarini taʼminotsiz va foizsiz quyidagi muddatlarga bo‘lib to‘lash huquqi beriladi:

 

  • 51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarga – 3 oy muddatda;

  • 101 tadan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarga – 6 oy;

  • 200 tadan ortiq yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarga – 12 oy.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"