O'zbekiston

"Mirziyoyevning tashabbuslari mohiyatan Shanxay tashkilotini “jonlantirish”ga qaratilgan"

Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasining Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti direktori Prezident Shavkat Mirziyoyevning SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari Kengashi majlisidagi nutqiga munosabat bildirdi.

"Mirziyoyevning tashabbuslari mohiyatan Shanxay tashkilotini “jonlantirish”ga qaratilgan"

 

Sun Chjuanchi, Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasining Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti direktori:

 

"O‘zbekiston Prezidentining nutqi bir nechta jihatlari bilan alohida ajralib turadi.

 

Birinchidan, SHHT faoliyatini takomillashtirishning muhimligi qayd etildi, bu haqda o‘tgan yilgi Samarqand sammitida ham bayonot berilgandi. Xususan, bugungi kunda yuz berayotgan jarayonlar SHHT institutlari faoliyatini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, tashkilot doirasida qarorlar qabul qilishni jadallashtirish bo‘yicha mexanizmlar ishlab chiqishni taqozo etmoqda. Shu maʼnoda, O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning tashabbuslari mohiyatan Shanxay tashkilotini “jonlantirish”ga qaratilgan.

 

Ikkinchidan, O‘zbekiston Rahbari SHHT makonida iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash zarurligini taʼkidladi. Yangi iqtisodiy muloqot borasidagi g‘oyalarni amalga oshirish, mintaqa ichidagi savdo-sotiq va sanoat-texnologik kooperatsiyani kuchaytirish maqsadida umumiy maydonni shakllantirish SHHTga aʼzo davlatlarning yana-da rivojlanishi uchun mustahkam zamin yaratadi.

 

Uchinchidan, O‘zbekiston Prezidenti transport-tranzit bog‘liqlikni mustahkamlash masalasiga yana bir bor eʼtibor qaratdi. Transport bog‘lamalar bo‘yicha loyihalarni birgalikda ro‘yobga chiqarish nafaqat yuk tashuvlar hajmini bir necha baravar oshirish, balki transport xarajatlarini jiddiy kamaytirish imkonini ham beradi."

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"