O'zbekiston

Bosh prokuratura bir qator mutasaddilarga nisbatan tekshiruv boshladi

Hozirda aybdor shaxslarga nisbatan tegishli chora ko‘rish yuzasidan o‘rganish ishlari boshlangan.

Bosh prokuratura bir qator mutasaddilarga nisbatan tekshiruv boshladi

 

Ekologiya, atrof-muhitni muxofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri 4-iyul kuni Aziz Abduxakimov Qonunchilik palatasi yalpi majlisida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida bajarilgan ishlar yuzasidan axborot bergandi.

 

Unda qayd etilishicha, Navoiy viloyatida 959 ming, Toshkent viloyatida 564 ming, Farg‘ona viloyatida 465 ming, Qashqadaryo viloyatida 227 ming tup ko‘chat qo‘shib yozilgani aniqlangan.

 

Shuningdek, 1,8 million tup ko‘chatni saqlash va parvarishlash uchun tegishli masʼullar belgilanmagan. Bundan tashqari, 7,3 million tup ko‘chat sug‘orish tizimlari mavjud bo‘lmagan hududlarga ekilgani haqida maʼlum qilindi.

 

Bosh prokuraturaning xabar berishicha, mazkur yalpi majlisda Bosh prokuraturaning Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i O‘ktam O‘tayev ham ishtirok etib, aytilgan kamchiliklar Bosh prokuratura tomonidan alohida nazoratga olingan.

 

Qayd etilishicha, hozirda Bosh prokuratura va vazirlik mutaxassislaridan iborat tuzilgan ishchi guruh holatga qonuniy baho berish va aybdor shaxslarga nisbatan tegishli chora ko‘rish yuzasidan o‘rganish ishlarini boshladi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"