O'zbekiston

228 ming quti tamaki yo‘q qilindi

Poytaxtimizning Yangihayot tumanidagi zavodlardan birida davlat bojxona xizmati organlari tomonidan noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan tamaki mahsulotlarini keng jamoatchilik ishtirokida yo‘q qilish tadbiri o‘tkazildi.

228 ming quti tamaki yo‘q qilindi

 

Poytaxtimizning Yangihayot tumanidagi zavodlardan birida davlat bojxona xizmati organlari tomonidan noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan tamaki mahsulotlarini keng jamoatchilik ishtirokida yo‘q qilish tadbiri o‘tkazildi. 

 

Tadbirda Bojxona qo‘mitasi va Toshkent viloyati bojxona boshqarmalari masʼul rahbar va xodimlari, Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Sanitariya epidemiologik va jamoat salomatligi boshqarmasi, Majburiy ijro bo‘limi xodimlari, Intellektual mulk departamenti hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

 

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 22 fevral kuni Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda poytaxtimizning Mirobod tumanidagi xonadonlardan birida o‘tkazilgan tezkor tadbirda bu yerda xorijda ishlab chiqarilgan va noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan 140 dan ziyod turdagi 228 ming 144 quti tamaki mahsulotlari qonunga xilof tarzda saqlanayotgani aniqlangan edi.  

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudining joriy yil 15 iyundagi hukmiga ko‘ra, jinoyat ishi bo‘yicha ashyoviy dalil tariqasida olingan mazkur tamaki mahsulotlarini yo‘q qilish belgilandi.

 

Shu kuni aynan ushbu tamaki mahsulotlari – 228 ming 144 quti sigaretlar jurnalistlar, blogerlar va keng jamoatchilik vakillari guvohligida yoqib yuborildi.

 

Shundan so‘ng jurnalistlar va blogerlar uchun brifing ham tashkil qilindi.

 

Brifingda Bojxona qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari O.Ibragimov (yoki N.Musamuxamedov) ishtirok etib, ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga javob berdi.

 

Brifingda maʼlum qilinishicha, 2022 yilda bojxona organlari tomonidan 338 ta  huquqbuzarlik holatlarida 19,8 milliard so‘mlik 1 million 619 ming quti sigaret tovarlarining noqonuniy realizatsiyasiga chek qo‘yilgan.

 

Mazkur huquqbuzarlik holatlari yuzasidan bojxona organlari tomonidan 85 ta holatda jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan, shuningdek 253 ta holatda maʼmuriy ishlar yuritilib ko‘rib chiqish uchun sudlarga yuborilgan.

 

2023 yilning 6 oyida bojxona organlari tomonidan 155 ta huquqbuzarlik holatlarida 37,5 milliard so‘mlik 1 million 610 ming quti sigaret tovarlarining noqonuniy realizatsiyasiga chek qo‘yilgan.

 

Mazkur huquqbuzarlik holatlari yuzasidan bojxona organlari tomonidan 53 ta holatda jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan, shuningdek 90 ta holatda maʼmuriy ishlar yuritilib ko‘rib chiqish uchun sudlarga yuborilgan.

 

Bundan tashqari noqonuniy sigaret mahsulotlari bilan bog‘liq 12 ta huquqbuzarlik holatlari bojxona organlari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

 

2022 yilda noqonuniy muomaladan olingan 1 million qutidan ortiq,  2023 yilning o‘tgan davrida esa 100 ming qutidan ziyod sigaret tovarlari belgilangan tartibda yo‘q qilingan.

 

Tahlillarga ko‘ra, respublikamiz hududiga tamaki mahsulotlarini asosan Turkiya, Rossiya, BAA, Tojikiston, Qirg‘iziston va boshqa davlatlardan noqonuniy tarzda olib kirishga urinilmoqda.

 

Ichki hududlar kesimida tahlil qilinsa, aniqlanayotgan eng ko‘p noqonuniy sigaret mahsulotlari Namangan, Farg‘ona viloyatlari, Toshkent shahri, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

 

Huquqbuzarlik ashyosi sifatida olingan sigaretlarning asosiy qismini “Milano”, “Esse”, “Mond”, “Kavallo”, “Parlament”, “Neyets”, “Marlboro” kabi sigaretlar tashkil qilmoqda.

 

Shu o‘rinda alohida taʼkidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1861-moddasida tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritganlik uchun, 182-moddasida esa O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan tamaki mahsulotlarini juda ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda o‘tkazganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 25 iyuldagi “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risida”gi 200-son qaroriga muvofiq tamaki mahsulotlari majburiy tarzda yo‘q qilib tashlanishi belgilangan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"