O'zbekiston

Harbiy prokuratura organlari faoliyati takomillashtiriladi

Senatorlar  “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunni ko‘rib chiqdi.

Harbiy prokuratura organlari faoliyati takomillashtiriladi

 

Prokurorlar lavozimiga yigirma besh yoshdan kichik bo‘lmagan shaxslarni tayinlash qoidasi harbiy prokuror va transport prokuroriga nisbatan ham tatbiq qilinmoqda.

 

Senatning navbatdagi yalpi majlisi oldidan Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

 

Qayd etilishicha, harbiy prokuratura organlari faoliyati bilan bog‘liq o‘zgarishlar qonunchilikda to‘liq o‘z aksini topmagan. Mazkur qonun bilan ayrim masalalarni ijobiy hal etish ko‘zda tutilgan.

 

Harbiy prokuratura organlarining Qurolli Kuchlar tizimida qonunchilik hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish, shuningdek, harbiy prokuratura organlariga xodimlarni harbiy xizmatga qabul qilish, lavozimidan ozod etish hamda harbiy unvonlar berishni tartibga soluvchi qo‘shimchalar kiritilayotgani shular jumlasidandir.

 

Shuningdek, harbiy prokuror va transport prokuroriga nisbatan yosh senzi qo‘llanilmoqda, ya’ni O‘zbekiston bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari hamda tumanlar, shaharlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar lavozimiga yigirma besh yoshdan kichik bo‘lmagan shaxslarni tayinlash qoidasi harbiy prokuror va transport prokuroriga nisbatan ham tatbiq qilinmoqda.

 

Senatorlarning fikricha, bu qonun mamlakat Qurolli Kuchlar tizimida qonuniylikni ta’minlashga, shu jumladan, Qurolli Kuchlar tizimida mamlakat xavfsizligi va hududiy yaxlitligini ta’minlashga doir qonuchilik hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishiga xizmat qiladi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"