O'zbekiston

Ohangaronda qora tutun sabab 6 ta mashina YTHga uchradi

YHXB hodisa tafsilotlarini ochiqladi.

Ohangaronda qora tutun sabab 6 ta mashina YTHga uchradi

 

Bugun, 23 iyun kuni Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida oltita mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat IIBB YHXB maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, hodisa soat 13:00 larda Ohangaron tumani hududidan o‘tgan Olmalik-Toshkent avtomobil yo‘lining 13-kilometrida yuz bergan. Unda Captiva, Lada Largus, Nexia–3, Shinerfly (mikro avtobus), Damas hamda Howo rusumli avtomashinalar bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan vaqtlarida oldinma-ketin urilib ketgan.

 

YTH oqibatida Nexia–3 rusumli transport vositasi yo‘lovchisi — 1980 yilda tug‘ilgan T.G.ga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Boshqa harakat ishtirokchilarining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Transport vositalari texnik shikastlangan.

 

Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, dala maydonida sodir bo‘lgan yong‘indan hosil bo‘lgan qora tutun haydovchilarni boshqa avtoulovlarni ko‘rmay qolishiga sabab bo‘lgan.

 

Holat yuzasidan tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"