O'zbekiston

Iste’molchilarga suv yetkazib berish bosqichma-bosqich davlat-xususiy sheriklikka o‘tkaziladi

Prezident farmoni bilan 2023-yil sentyabrgacha suv resurslarini boshqarishni davlat-xususiy sheriklikka o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

Iste’molchilarga suv yetkazib berish bosqichma-bosqich davlat-xususiy sheriklikka o‘tkaziladi

 

Prezident farmoni bilan Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari tasdiqlandi.

 

Hujjatga ko‘ra, 2030-yil yakunigacha vazirlikning quyi (tuman) bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish, fermer xo‘jaliklari va boshqa suv isteʼmolchilariga suv yetkazib berish hamda suvning hisobini yuritish funksiyasi bosqichma-bosqich davlat-xususiy sheriklikka o‘tkaziladi. Shunga ko‘ra, respublikadagi barcha tumanlarda 2023-yil sentyabrgacha suv resurslarini boshqarishni davlat-xususiy sheriklikka o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

 

Farmon bilan Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi etib qayta nomlandi.

 

Qayd etilishicha, inspeksiya 2023-yil 1-avgustdan suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibiga rioya etilishi hamda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalaridan samarali foydalanilishi bo‘yicha o‘tkaziladigan tekshiruvlarni «Yagona davlat nazorati» axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazmasdan amalga oshiradi.

 

Inspeksiya yer usti suvlaridan foydalanish va suv isteʼmoli qoidalarini hamda suv olish tartibini buzish holatlari bo‘yicha maʼmuriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish, shuningdek, jismoniy shaxslarga nisbatan maʼmuriy jazo qo‘llashi mumkin.

 

Bundan tashqari, 2025-yil 1-yanvargacha «Raqamli suv xo‘jaligi» yagona axborot tizimi yaratilib, suv xo‘jaligi bo‘yicha barcha dasturiy taʼminotlar mazkur tizimga bosqichma-bosqich integrasiya qilinadi.

custom img

Surxondaryoda tomorqadan yiliga uch marta hosil olish amaliyoti kengaymoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termizda “Tomorqa maktabi” faoliyati bilan tanishdi.

custom img

“YEROSTIGAZ” AJ tomonidan korxonadan asossiz 2,8 mlrd so‘m mablag‘ olingani aniqlandi

Tarifni deklaratsiyasiz oshirish holati yuzasidan AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

custom img

Samarqandda MIB orqali garovdagi mulk topilib, xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro bankdan olgan qarzini to‘lamay kelgan. Garov evaziga qo‘yilgan avtomashinasini esa yashirib qo‘ygan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

Davlat rahbari safarini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi

Yuk mashinasi harakatlanib ketayotgan vaqtda bola piyodalar o‘tish joyidan yugurib chiqqan.

custom img

Qo‘qondagi ko‘p qavatli uyda portlash yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Tergov-tezkor guruhi tuzilib, hodisa sabablarini aniqlash va hujjatlashtirish ishlari boshlangan.

custom img

Misrda vafot etgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga qaytarildi

Elchixona diplomatlari tomonidan mahrumning yaqinlariga aviakompaniya bilan bog‘liq va dafn marosimlari kabi tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam berildi.

custom img

Jizzax viloyatida ta’lim sohasi mansabdori pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi

U Maktabgacha ta’lim tashkilotida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga muassasa rahbaridan 4 million 800 ming so‘m pul talab qilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"