O'zbekiston

Farg‘onada tirik mushukni yoqib yuborganlar qamaldi

Ayblanuvchilarga tayinlangan jarima jazosi maʼmuriy qamoqqa almashtirilgan.

Farg‘onada tirik mushukni yoqib yuborganlar qamaldi

 

Farg‘onada mushukni tirik holda yoqib yuborgan uch nafar shaxsga nisbatan ichki ishlar organlari tomonidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 111-moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi.

 

Quvasoy shahar prokurorining arizasi bilan yuqoridagi qaror bekor qilinib, huquqbuzarlarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasi (hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) 2-qismi va 189-1-moddasi (tazyiqni, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish) bilan rasmiylashtirilgan maʼmuriy bayonnoma mazmunan ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Quvasoy shahar sudiga yuborilgan. 

 

Sud majlisida M. A. (1983-yilda tug‘ilgan), Az. A. (1995-yilda tug‘ilgan) va As. A. (2005-yilda tug‘ilgan) ga oid maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqildi. 

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Quvasoy shahar sudining qaroriga ko‘ra M. A. Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasi 2-qismi va 189-1-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgan deb topilib, unga ushbu kodeksning 34-moddasi (bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun maʼmuriy jazo qo‘llanish) ga asosan 7 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

 

Shuningdek, Az. A. Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, unga 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi hamda As. A. Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, unga 3 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"