O'zbekiston

Buxoroda IELTS sertifikatini qalbakilashtirgan o‘qituvchi aniqlandi

Soxta hujjat bilan unga 33 mln ustama haqi yozilgan.

Buxoroda IELTS sertifikatini qalbakilashtirgan o‘qituvchi aniqlandi

 

Buxoro shahrida IELTS sertifikatini soxtalashtirib, ustama haqi olgan o‘qituvchi aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

 

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori buyrug‘i bilan S1 darajadagi IELTS sertifikati borligi sababli xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi A.M.ning oylik maoshiga qo‘shimcha 50 foiz ustama to‘lab kelingan. Ushbu sertifikatda A.M.ning emas, balki boshqa nomaʼlum shaxsning fotosurati mavjudligi sababli uning haqqoniyligini tekshirish maqsadida Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga so‘rov jo‘natilgan. Britaniya Kengashi vakolatxonasi direktorining tegishli xatida ushu sertifikat imtihonda qoida buzilishi, yaʼni nomzod o‘rniga boshqa shaxsning yordamidan foydalanganlik holati bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruv natijasiga ko‘ra bekor qilinganligi ko‘rsatilgan.

 

Shuningdek, Kengash tekshiruv natijalariga ko‘ra A.M.ga 2023 yil 26 sentyabrga qadar IELTS imtihonlarini qayta topshirish taqiqlangan.

 

Buxoro Muhandislik texnologiya institutining taqdim qilgan maʼlumotiga ko‘ra, 003241-sonli IELTS sertifikati asosida A.M.ga 2021 yilning dekabr oyidan 2022 yilning sentyabr oyiga qadar jami 33 mln 276 ming so‘m qo‘shimcha ustama hisoblanib, to‘lab berilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"