O'zbekiston

Endi kiyim-kechak tayyorlashda bayroq tasviridan foydalanish mumkin

Bu bo’yicha qonun loyihasi deputatlar tomonidan muhokama qilindi.

Endi kiyim-kechak tayyorlashda bayroq tasviridan foydalanish mumkin

 

Bayroq tasviri tushirilgan belgilardan kiyim-kechak, sport kiyimlarini tayyorlashda foydalanishga ruxsat berilishi mumkin. Bu haqda “O’zA” axborot agentligi xabar qildi.

 

Avvalroq “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgandi. Ushbu hujjat bilan fuqarolarning Davlat bayrog‘idan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish maqsadida amaldagi Qonunga bir necha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi taklif etilmoqda.

 

Jumladan, davlat bayrog‘idan sport musobaqalarida, ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarida, madaniy va o‘zga ommaviy tadbirlarda, oilaviy bayramlarda, xotiraviy sanalarni bayram qilishda hamda boshqa hollarda ham bayroqqa nisbatan zarur hurmatni ta’minlagan holda foydalanilishga ruxsat berish nazarda tutilmoqda. 

 

Shuningdek, davlat ramziga zarur hurmat bilan muomala qilgan holda undan va uning tasviri tushirilgan belgilardan jamoat joylari va binolarda, yashash yoki ish joylarida hamda ularga tutash bo‘lgan hududlarda, transport vositalarining salonida foydalanish mumkinligini belgilash ko‘zda tutilmoqda. 

 

Taklif etilayotgan qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasiga tegishlilik belgisi sifatida Davlat bayrog‘i va uning tasviri tushirilgan belgilardan O‘zbekiston Respublikasi vakili bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan rasmiy xalqaro tadbirlarda foydalanishda, harbiy yoki boshqa davlat xizmatida bo‘lgan shaxslar tomonidan kiyim-kechak va farqlovchi nishonlarda qo‘llashda, xalqaro sport musobaqalari hamda O‘zbekiston chempionatlari uchun sport kiyimlarini tayyorlashda foydalanishga ruxsat berilyapti. Qolaversa, Davlat bayrog‘iga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘linishiga yo‘l qo‘yilmaydigan hollar aniq belgilab berilmoqda.

 

Mazkur qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida qizg‘in muhokama qilindi. Deputatlar qonun loyihasining g‘oyatda muhimligi va zarurligini aytib, uning qabul qilinishi orqali fuqarolar undan o‘z xonadonlarida, ish joylarida erkin foydalanishi mumkinligini, jamiyatda mamlakatga nisbatan mehr-muhabbat tuyg‘ularini va vatanparvarlik hissini yanada oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

 

Shuningdek, yig‘ilishda yana boshqa qonun loyihalari ham muhokama qilinib, deputatlar tomonidan ma’qullandi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"