O'zbekiston

Yozda konditsionerdan foydalanish zararlimi?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Yozda konditsionerdan foydalanish zararlimi?

 

Yozning jazirama kunlari barchamiz salqin va bahavo joy izlaymiz. Tabiiyki, bunday paytda konditsioner haqiqiy xaloskorga aylanadi. Biroq undan muntazam va noto‘g‘ri foydalanish turli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

 

Tibbiyot fanlari nomzodi Durdona Alimovaning maʼlumot berishicha, issiq kunlarda konditsionerning salqin havo oqimi, ayniqsa, go‘daklar va yoshi katta kishilarga ijobiy taʼsir etadi. Sababi ularda tanani sovitish tizimi mukammal bo‘lmaydi. Biroq bu qurilma tagida uzoq vaqt o‘tirish har qanday inson salomatligida salbiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.

 

Eng avvalo, konditsionerdan muntazam foydalanish tufayli xonada namlik yo‘qolib, yopiq deraza va eshiklar sharoitida havo kislorod bilan to‘yinmaydi. Bu esa vaqt o‘tishi bilan terining quruqlashib, yuzda ajinlar paydo qiladi. Qolaversa, terining doimiy quruqligi uning tashqi qatlamiga salbiy taʼsir etib, qichishish yuzaga keladi.

 

Shuningdek, salqin xonadan issiq joyga chiqish, yaʼni ikki xil ekstremal harorat tanada stress reaksiyalarni keltirib chiqaradi. Bu o‘z navbatida yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini qo‘zg‘ashi mumkin.

 

Qolaversa, qon bosimi odatda issiqdan ko‘ra sovuq havoda yuqori bo‘ladi. Chunki, salqin harorat qon tomirlarining siqilishi va spazmlarga olib keladi. Shunday ekan konditsioner tagida uzoq vaqt o‘tirish sistolik va diastolik qon bosimini ko‘taradi. Shu boisdan xona harorati tashqi havodan keskin farq qilmasligi, yaʼni 5-7 daraja past bo‘lishi maqsadga muvofiq.

 

Konditsionerning yana bir salbiy tomoni u tana haroratini tushirib yuboradi. Oqibatda bronxit, tomoq, bel va bo‘yin og‘riqlari yuzaga keladi. Ayniqsa, qurilmaning sovuq havosi insonga to‘g‘ri yo‘naltirilsa, nafas yo‘llari va mushaklar shamollashi, hatto, zotiljam kelib chiqishi mumkin.

 

Shu bois undan foydalanganda eng past haroratga qo‘ymaslik (xonadon va ofislarda o‘rnatiladigan konditsionerlarda +18 va +20 daraja oralig‘idagi harorat eng qulay hisoblanadi) va salqin havo oqimining xona bo‘ylab bir tekis tarqalishiga eʼtibor qaratish zarur.

 

Bundan tashqari, konditsionerlarda nafas tizimi infeksiyalarini qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar to‘planib, bu holat allergik kasalligi bor insonlarga salbiy taʼsir etishi mumkin. Shu sababli uning tozaligiga doimo eʼtibor qaratish va filtrlarni tez-tez tozalab turish lozim.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"