O'zbekiston

Transport sohasi isloh qilinadi

Prezident farmoni bilan transport sohasidagi ayrim funksiyalar xususiy sektorga o‘tkazilmoqda

Transport sohasi isloh qilinadi

 

Prezident tomonidan  "Maʼmuriy islohotlar doirasida transport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmon imzolandi.

 

Hujjatga ko‘ra, transport sohasidagi ayrim funksiyalar xususiy sektorga o‘tkazilmoqda. Jumladan, Transport vazirligi huzurida Transport nazorati inspeksiyasi tashkil etilmoqda. U avtomobil, temiryo‘l, suv, elektr transporti, metropoliten va yo‘l xo‘jaligi sohalarida nazorat funksiyalarini amalga oshiradi. Inspeksiya quyidagi huquqlarga ega:

 

  • avtomobilda yuk va yo‘lovchi tashish, temir yo‘l, suv, elektr transporti, metropoliten hamda yo‘l xo‘jaligi sohasida maʼmuriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va maʼmuriy jazo choralarini qo‘llash;

  • avtotransport vositasida yuk va yo‘lovchilar tashish qoidalarining buzilishi aniqlanganda, avtotransport vositasini yuk va yo‘lovchi tashishni nazorat qilish bo‘yicha postlarda tekshirish uchun to‘xtatish.

 

Bundan tashqari, hujjat bilan quyidagi nazorat tadbirlarini biznes-ombudsmanning ruxsatisiz, uni xabardor qilmasdan, «xavfni tahlil etish» tizimini qo‘llamagan holda (moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda) amalga oshirishga ruxsat etilmoqda:

 

  • Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviasiyasi agentligi tomonidan fuqaro aviasiyasi tashkiloti va korxonalarida parvozlar xavfsizligiga rioya etilishi yuzasidan Xalqaro fuqaro aviasiyasi tashkilotining standartlarida belgilangan rejali va to‘satdan tekshiruvlar o‘tkazish;

  • Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilarni tashish qoidalariga rioya etilishini tashish jarayonida reydlar o‘tkazgan holda nazorat qilish.

 

Transport nazorati inspeksiyasi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni xabardor qilib, «xavfni tahlil etish» tizimini qo‘llamagan holda temir yo‘l transportida harakat va tashishlar xavfsizligi, yuk va yo‘lovchilarni tashish qoidalari hamda yo‘l qurilishi obyektlarida qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi bo‘yicha tekshiruvlarni utkazadi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"