O'zbekiston

Qonunchilik talablariga amal qilmagan mansabdorlarga nisbatan taqdimnoma kiritildi

Ro‘yxatda Jizzax, Sirdaryo va Andijon viloyatlari hokimliklari hamda “O‘zavtosanoat” mansabdor shaxslari ham bor.

Qonunchilik talablariga amal qilmagan mansabdorlarga nisbatan taqdimnoma kiritildi

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, Jizzax, Sirdaryo va Andijon viloyatlari hokimliklariga, shuningdek, Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi, “Aloqabank” ATB hamda  “O‘zavtosanoat” AJlarga ochiqlikni taʼminlash sohasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda xizmat vazifalariga masʼuliyatsizlik bilan yondashgan mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli intizomiy jazo chorasini qo‘llash to‘g‘risida taqdimnoma kiritildi.

 

Bundan tashqari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati mansabdor shaxsiga nisbatan MJtKning tegishli moddalari bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ko‘rib chiqish uchun sudga yuborildi.

 

Hozirda mazkur yo‘nalishdagi o‘rganishlar boshqa davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida ham davom ettirilmoqda.

custom img

Samarqandda MIB orqali garovdagi mulk topilib, xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro bankdan olgan qarzini to‘lamay kelgan. Garov evaziga qo‘yilgan avtomashinasini esa yashirib qo‘ygan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

Davlat rahbari safarini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi

Yuk mashinasi harakatlanib ketayotgan vaqtda bola piyodalar o‘tish joyidan yugurib chiqqan.

custom img

Qo‘qondagi ko‘p qavatli uyda portlash yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Tergov-tezkor guruhi tuzilib, hodisa sabablarini aniqlash va hujjatlashtirish ishlari boshlangan.

custom img

Misrda vafot etgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga qaytarildi

Elchixona diplomatlari tomonidan mahrumning yaqinlariga aviakompaniya bilan bog‘liq va dafn marosimlari kabi tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam berildi.

custom img

Jizzax viloyatida ta’lim sohasi mansabdori pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi

U Maktabgacha ta’lim tashkilotida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga muassasa rahbaridan 4 million 800 ming so‘m pul talab qilgan.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada bolani yuqori kuchlanishli tok urdi

Hodisa oqibatida bolaning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetgan.

custom img

Toshkentning 9 ta hududida yangi jamoat parklari barpo etiladi

Prezident poytaxtda urbanizatsiya jarayonlari va yashil hududlarni kengaytirish boʻyicha takliflar bilan tanishdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"