O'zbekiston

Qashqadaryoda gazli suv tayyorlovchi apparat portlashi oqibatida bir kishi qurbon bo‘ldi

Hodisa yuzasidan viloyat IIB rasmiy maʼlumot berdi.

Qashqadaryoda gazli suv tayyorlovchi apparat portlashi oqibatida bir kishi qurbon bo‘ldi

 

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida qo‘lbola gazli suv tayyorlovchi apparat portlashi sabab bir kishi vafot etdi, deb xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati.

 

Voqea15 iyun kuni taxminan soat 12:00 larda Kitob tumani dehqon bozori oldida sodir bo‘lgan. Portlashga tumanning “Guliston” MFYda yashovchi T.Y.ga tegishli qo‘lbola usulda yasalgan gazli suv tayyorlovchi apparati suv saqlash idishiga kislorodli ballondan ko‘p bosim berilishi sabab bo‘lgan.

 

Oqibatda Kitob tumani va Shahrisabz shahrida yashovchi 2 nafar fuqaro tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan, shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan D.A. ismli fuqaro vafot etgan.

 

Holat yuzasida Kitob tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “a” bandi (odam o‘lishiga sabab bo‘lgan yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"