O'zbekiston

O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi

Anomal issiq fonida O‘zbekistonda soatlik va kunlik elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi.

O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi

 

Anomal issiq fonida O‘zbekistonda elektr energiyasi isteʼmoli 2022-yilning yoz oyidagi rekord ko‘rsatkichlarni yangiladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

 

Xususan, 2023-yil 16-iyunda respublika bo‘yicha elektr energiyasi isteʼmoli 242,6 million kilovatt/soatni tashkil etdi. 2022-yilning xuddi shu kunida jami 208 million kilovatt/soat elektr energiyasi ishlatilgan. Maʼlum qilinishicha,16-iyun kungi ko‘rsatkich avvalgi yildagidan 16,6 foiz ortiq bo‘ldi.

 

Shuningdek, energetika tizimining soatlik isteʼmoli 11 301 megavattni tashkil qildi. Bu 2022-yilning shu kundagi holatiga nisbatan 1 800 megavatt (18,9 foiz) va 2022-yilning yozida qayd etilgan mutlaq maksimal ko‘rsatkichdan 500 megavatt ko‘pdir.

 

Maʼlumot uchun, 2022-yilda maksimal elektr energiyasi isteʼmoli 27-iyulda qayd etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 239 million kilovatt/soatni, kunduzgi isteʼmol quvvati 10 800 megavattni tashkil qilgan.

custom img

Samarqandda MIB orqali garovdagi mulk topilib, xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro bankdan olgan qarzini to‘lamay kelgan. Garov evaziga qo‘yilgan avtomashinasini esa yashirib qo‘ygan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

Davlat rahbari safarini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi

Yuk mashinasi harakatlanib ketayotgan vaqtda bola piyodalar o‘tish joyidan yugurib chiqqan.

custom img

Qo‘qondagi ko‘p qavatli uyda portlash yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Tergov-tezkor guruhi tuzilib, hodisa sabablarini aniqlash va hujjatlashtirish ishlari boshlangan.

custom img

Misrda vafot etgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga qaytarildi

Elchixona diplomatlari tomonidan mahrumning yaqinlariga aviakompaniya bilan bog‘liq va dafn marosimlari kabi tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam berildi.

custom img

Jizzax viloyatida ta’lim sohasi mansabdori pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi

U Maktabgacha ta’lim tashkilotida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga muassasa rahbaridan 4 million 800 ming so‘m pul talab qilgan.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada bolani yuqori kuchlanishli tok urdi

Hodisa oqibatida bolaning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetgan.

custom img

Toshkentning 9 ta hududida yangi jamoat parklari barpo etiladi

Prezident poytaxtda urbanizatsiya jarayonlari va yashil hududlarni kengaytirish boʻyicha takliflar bilan tanishdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"