O'zbekiston

Xitoylik jurnalist “Oltin qalam” oldi

Unga O‘zbekiston elchixonasida mukofot topshirilgan.

Xitoylik jurnalist “Oltin qalam” oldi

 

O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasida shu yil o‘tkazilgan “Oltin qalam” XVII milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovning “Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun” nominatsiyasida birinchi o‘ringa sazovor bo‘lgan Xitoyning  “Jenmin xuabao” nashriyoti muharriri San Xaoyangga mukofot statuetkasi, diplomi hamda pul mukofoti tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.

 

Marosimda so‘z olgan O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi Xolmurod Salimov bu yilgi tanlov davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil 27 iyundagi “Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida demokratik tamoyillar asosida yana-da ochiq va shaffof tashkil etilgani, unda dunyoning 25 davlatidan 50 nafardan ziyod xorijlik jurnalistlar qatnashganini alohida taʼkidladi. Shuningdek, mamlakatda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida ham atroflicha maʼlumotlar taqdim etildi.

 

Tadbirda ikki mamlakat ommaviy axborot vositalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashishni taʼminlash kabi masalalar  xususida fikr yuritildi.

 

“Keyingi yillarda O‘zbekistonda jadal olib borilayotgan islohotlar bilan tanishish barobarida ularni Xitoy ommaviy axborot vositalarida yoritilishiga ham hissa qo‘shib kelmoqdaman. Har qanday inson muvaffaqiyatga erishsa, quvongani singari yuqori nufuzli “Oltin qalam” xalqaro tanlovida g‘olib bo‘lganimdan behad mamnun bo‘ldim. Bundan keyin ham O‘zbekiston haqida turli mavzularga bag‘ishlangan materiallar tayyorlashni o‘z oldimga maqsad  qilib qo‘yganman”, — dedi San Xaoyang.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"