O'zbekiston

Rossiya–Ukraina urushida o‘zbekistonliklar ham halok bo‘lgani aytilmoqda

Hozirga qadar 100 ga yaqin Markaziy Osiyo fuqarolari jang maydonida halok bo‘lgan.

Rossiya–Ukraina urushida o‘zbekistonliklar ham halok bo‘lgani aytilmoqda

 

2022-yil 24-fevral kuni Rossiyaning Ukrainaga qarshi bosqinchilik urushi boshlanganidan buyon kamida 93 nafar Markaziy Osiyo fuqarolari, jumladan, 34 nafar o‘zbekistonlik jang maydonida halok bo‘ldi. Bu haqda BBC Rus xizmati jurnalist surishtiruviga tayanib xabar berdi.

 

Qirg‘izistondan 19 nafar, Tojikistondan 40 nafar fuqaro harbiy harakatlarda o‘lim topgan. Ularning barchasi Rossiya tomonida jang qilgan.

 

Hozirga qadar jang maydonida halok bo‘lgani aniqlangan 93 nafar Markaziy Osiyo fuqarolarining asosiy qismi «Vagner» xususiy harbiy shirkati orqali jazoni o‘tish muassasalaridan urushga safarbar qilingan. Qolganlar esa harbiy sifatida turli bo‘linmalarda xizmat qilgan.

 

BBC surishtiruviga ko‘ra, Ukrainada urush boshlanganidan keyin og‘ir mehnat sharoitida kamtarona maoshga qanoat qilib ishlashga odatlangan markaziy osiyolik mehnat muhojirlariga jang maydonida ham talab oshgan. Ular handaq (okop) qazish va vayron bo‘lgan hududlarni qayta tiklashga jalb etilgan. Qamoqxonadan urushga yuborilgan sobiq mahkumlar – «Vagner» shirkati yollanma askarlari esa harbiy harakatlarda bevosita qatnashgan.

 

Marhumlarning yaqinlari urushda halok bo‘lgan farzandlarining hatto jasadini ham ololmayotganidan shikoyat qilgan.

 

«Alam qiladigani – farzandim halok bo‘lgani haqida hech kim xabar bermadi, haligacha jimjitlik! Bolajonim begona yurtda tuproqqa qo‘yilgani qalbimni o‘rtamoqda. O‘g‘lim yonimda bo‘lsin deyman. Tirik holda bag‘rimga qaytmadi, jillaqursa jasadini keltirib berishsin», – degan jangda halok bo‘lgan askarlardan birining onasi.

 

Avvalroq O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Rossiya qamoqxonasidan Ukrainadagi urushga yuborilgan 23 yoshli yurtdoshimiz Sh.Tojiboyev halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi. Sh.Tojiboyev jasadining yarmi (oyoqlarsiz) O‘zbekistonga olib kelingandi.

 

Jamoat faollari bir necha oydan buyon Rossiyada mehnat qilayotgan Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekiston vatandoshlarini Ukraina urushiga yuborishga qaratilgan targ‘ibot kuchayganidan ogohlantirmoqda.

 

Xususan, 31 may kuni «Spravedlivaya Rossiya» partiyasi rahbari Sergey Mironov Dumadagi chiqishida urushda Rossiya tomonida turib qatnashmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston fuqarolarining o‘z davlatida jinoiy javobgarlikka tortilayotganidan yozg‘irgan edi. Rus siyosatchisining daʼvosiga javob bergan “Yuksalish” UMH raisi Bobur Bekmurodov unga o‘z “ishlari” bilan shug‘ullanishni maslahat bergan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"