O'zbekiston

Endi Andijondan Toshkentga 3 soatda borish mumkin bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev mazkur yo‘nalishda pullik yo‘l qachon qurilishini maʼlum qildi.

Endi Andijondan Toshkentga 3 soatda borish mumkin bo‘ladi

 

Joriy yil oxirigacha “Toshkent – Andijon” muqobil pullik avtomobil yo‘lini qurish bo‘yicha mega-loyiha boshlanadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev andijonlik saylovchilar bilan uchrashuvda ma'lum qildi.

 

“Vodiy aholisining uzog‘ini yaqin qilish maqsadida “Andijon – Farg‘ona – Qo‘qon – Namangan – Andijon” temiryo‘l halqasi bo‘ylab 4 ta elektropoyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi. Natijada kuniga 8 ta qatnov tashkil etilib, 10 mingga yaqin yo‘lovchi tashiladi. Bunga 40 million dollar jalb qilinadi.

 

Shuningdek, Andijon xalqaro aeroporti zamonaviy standartlar asosida to‘liq taʼmirlanadi va bu ishlarga 350 million dollar yo‘naltiriladi.

 

Shu yil oxirigacha Jahon banki bilan birga, “Toshkent – Andijon” muqobil pullik avtomobil yo‘lini qurish bo‘yicha 2,5 milliard dollarlik mega-loyiha boshlanadi. Loyihani amalga oshirish natijasida, Andijondan Toshkent shahriga borish vaqti hozirgi 5 soatdan 3 soatga qisqaradi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev andijonlik saylovchilar bilan uchrashuvda.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada tok urgan 6 yoshli bola ishi bo‘yicha sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

custom img

O'zbekistonda “Raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash” mavzusida ilmiy- amaliy anjuman bo'lib o'tdi

Tadbirning asosiy maqsadi jamoatchilik ongi va iqtisodiy subyektlar ongida iqtisodiy xavfsizlik tushunchasini kengaytirish, raqamli iqtisodiyot sharoitida yuzaga kelayotgan tahdid va xavf-xatarlarni ilmiy jihatdan tahlil qilish hamda iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashda samarali muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Buxoroda 13 yoshli qiz ona bo'ldi

Gumonlanuvchi hozirda qamoqqa olingan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Surxondaryoda tomorqadan yiliga uch marta hosil olish amaliyoti kengaymoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termizda “Tomorqa maktabi” faoliyati bilan tanishdi.

custom img

“YEROSTIGAZ” AJ tomonidan korxonadan asossiz 2,8 mlrd so‘m mablag‘ olingani aniqlandi

Tarifni deklaratsiyasiz oshirish holati yuzasidan AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

custom img

Samarqandda MIB orqali garovdagi mulk topilib, xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro bankdan olgan qarzini to‘lamay kelgan. Garov evaziga qo‘yilgan avtomashinasini esa yashirib qo‘ygan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

Davlat rahbari safarini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi

Yuk mashinasi harakatlanib ketayotgan vaqtda bola piyodalar o‘tish joyidan yugurib chiqqan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"