O'zbekiston

Andijonda 6 ta yangi oliygoh tashkil etiladi

Ularda 30 dan ortiq yangi yo‘nalishlar ochiladi.

Andijonda 6 ta yangi oliygoh tashkil etiladi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev andijonlik saylovchilar bilan uchrashuvda taʼlimga oid qilinadigan ishlar xususida aytib o‘tdi.   

 

“Kelgusi yillarda bog‘cha yetarli bo‘lmagan 131 ta mahallada 1,5 mingta davlat va xususiy bog‘chalar barpo etiladi, 210 ta bog‘chaning quvvatlari oshiriladi. Natijada qo‘shimcha 90 ming bolajonlarimiz uchun maktabgacha taʼlim imkoniyatini yaratib, qamrovni 100 foizga yetkazamiz.

 

Kelgusi yetti yilda maktab mavjud bo‘lmagan 25 ta mahallada jami 20 ming o‘rinli yangi maktablar barpo etiladi. Shuningdek, 150 ta maktabda qo‘shimcha o‘quv binolari qurish hisobiga, 80 ming o‘quvchi o‘rni yaratiladi.

 

Kelgusi yillarda Andijon davlat universitetida 2 ming o‘rinli, Andijon chet tillari institutida 1 ming o‘rinli, Andijon tibbiyot institutida 1 ming o‘rinli yangi o‘quv binolari barpo etiladi.

 

Ilmga chanqoq viloyat yoshlari uchun 6 ta yangi oliygoh tashkil etilib, ularda 30 dan ortiq yangi yo‘nalishlar ochiladi. Bular hisobidan, oliy taʼlimda qamrov hozirgi 30 foizdan 50 foizga yetkaziladi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"