O'zbekiston

OTMda o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakti soliqdan ozod qilinadi

Bu qoida yangi o‘quv yilidan amalga oshiriladi.

OTMda o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakti soliqdan ozod qilinadi

 

Yangi o‘quv yilidan boshlab, oliygohda o‘qiyotgan xotin-qizlar uchun, kim to‘lashidan qatʼi nazar, kontrakt to‘lovi daromad solig‘idan ozod qilinadi. Bu haqda Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev qoraqalpog‘istonlik saylovchilar bilan uchrashuvda maʼlum qildi.

 

Hozirda ushbu imtiyoz farzandi va turmush o‘rtog‘i uchun kontrakt to‘laganlarga qo‘llanilar edi.

 

Shuningdek, Qoraqalpog‘istonda agro-texnologiyalar va muhandislik yo‘nalishlarida yetakchi xorijiy oliygohlarning filiallari hamda Nukusda Raqamli texnologiyalar instituti ochiladi.

 

“Umuman, biz Qoraqalpog‘istonda oliy taʼlim qamrovini kelgusi yilning o‘zida 50 foizga yetkazamiz. Buning uchun, chet ellarda o‘qiyotgan yoshlarimizning o‘qishini yurtimiz oliygohlariga davlat granti asosida ko‘chirish amaliyotini yo‘lga qo‘yamiz”, — deb taʼkidladi nomzod.

 

Taʼlim sohasining asosiy tayanchi bo‘lgan aziz va moʻtabar muallim va murabbiylar, oliygoh professor-o‘qituvchilarining mashaqqatli mehnati bundan buyon ham munosib rag‘batlantirib boriladi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"