O'zbekiston

Bug‘doyni xarid qilish va sotish tartibi tasdiqlandi

Qaror bilan 2023-yilda sug‘oriladigan maydonlaridan jami 2 mln 565 ming tonna bug‘doy xarid qilinadi.

Bug‘doyni xarid qilish va sotish tartibi tasdiqlandi

 

Vazirlar Mahkamasining “2023-yil hosilidan bug‘doy xarid qilish va ichki bozorda narxlar barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

 

Unga ko‘ra, 2023-yilda sug‘oriladigan maydonlarning har gektaridan o‘rtacha 2,5 tonnadan, jami 2 mln 565 ming tonna bug‘doy, jumladan, 1 mln 283 ming tonna tovar bug‘doy davlat resursi sifatida hamda 240 ming 450 tonna urug‘lik bug‘doy Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xarid qilinadi.

 

Shuningdek, 1 mln 41,55 ming tonna tovar bug‘doy bug‘doy yetishtiruvchilar tomonidan keyinchalik birja savdolari orqali sotish uchun jamg‘armaning tijorat vakilida vaqtincha saqlashga qabul qilinadi.

 

Shu bilan birga, “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalar va bug‘doyni saqlash quvvatiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar Jamg‘arma nomidan bug‘doy yetishtiruvchilardan tovar bug‘doyni sotib olish, qabul qilish va saqlash, shuningdek, xaridorlarga yuklab jo‘natish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tijorat vakili hisoblanadi.

 

Hujjat bilan davlat resursi sifatida xarid qilinadigan bug‘doy uchun to‘lovni o‘rnatish mexanizmlari belgilandi. Bundan tashqari, quyidagi qoidalarni belgilaydigan ichki bozorda bug‘doy narxi barqarorligini saqlash uchun bug‘doyni xarid qilish va birja savdolari orqali sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi:

 

  • jamg‘armaning tijorat vakilini tanlab olish;
  • jamg‘arma bilan tijorat vakili o‘rtasidagi munosabatlar;
  • bug‘doy yetishtiruvchilardan bug‘doyni xarid qilish;
  • davlat resursi sifatida xarid qilingan bug‘doyni tijorat vakili tomonidan saqlash;
  • bug‘doyni birja savdolarida sotish.
custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"