O'zbekiston

Yunusobod dehqon bozorida do‘kon va dorixona yonib ketdi — video

Kecha Qarshidagi bozorda yong‘in chiqqandi. Shuningdek, Qashqadaryoda ombor yonib ketgandi.

Yunusobod dehqon bozorida do‘kon va dorixona yonib ketdi — video

 

FVV Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida maʼlumot berdi.

 

Bugun, 8 iyun kuni soat 12:50 da Toshkent shahar Yunusobod tumani A.Temur ko‘chasida joylashgan do‘kon va dorixonada yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar tushgan.

 

Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 12:58 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:04 da o‘rab olingan va soat 13:09 da o‘chirilgan.

 

Yong‘in natijasida dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra do‘kon va dorixonaning taxminan 80 kv.m. maydonda old tomon alkapon qismi yonib zararlangan.

 

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

 

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, kecha Qarshidagi bozorda yong‘in chiqqandi. Shuningdek, Qashqadaryoda ombor yonib ketgandi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"