O'zbekiston

Jizzaxda salkam 1 tonna sifatsiz go‘sht aniqlandi

U Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan bo‘lgan.

Jizzaxda salkam 1 tonna sifatsiz go‘sht aniqlandi

 

Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida 3 iyun kuni Qashqadaryodan Toshkentga sotish maqsadida olib ketilayotgan salkam 1 tonna sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

 

G‘allaorol tumani hududidagi “Sangzor-15” yo‘l-patrul xizmati maskanida Qashqadaryo-Toshkent yo‘nalishida shubhali harakatlangan «Sobalt» to‘xtatilib, tekshirilgan. Tekshiruv davomida Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashovchi 1982 yilda tug‘ilgan fuqaro E.T. boshqaruvidagi avtoulovning yukxona va salonida go‘sht mahsulotlari veterinariya-sanitariya qoidalariga zid ravishda olib ketilayotgani aniqlangan. Haydovchi ushbu go‘sht mahsulotlariga oid hech qanday hujjatni taqdim eta olmagan. Ammo E.T. go‘shtni Qashqadaryo viloyatidan Toshkent shahriga sotish maqsadida olib ketayotganini maʼlum qilgan.

 

Tadbir jarayonida soha xodimlari tomonidan jami 820 kilogramm go‘sht mahsulotlari hujjatlashtirib olingan. Uning isteʼmolga yaroqliligini tekshirish maqsadida vaqtincha muzxonaga joylashtirilgan. Biroq laboratoriya tekshiruvida go‘sht mahsulotining isteʼmolga yaroqsizli oydinlashdi. Shundan so‘ng ushbu go‘sht mahsuloti tegishli tartibda yoqib yo‘q qilindi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"