O'zbekiston

Google va O‘zbekiston IT-kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Tajriba almashish va malakali mutaxassislar sonini ko‘paytirish maqsadida Google O‘zbekistonga yordam beradi.

Google va O‘zbekiston IT-kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi mumkin

 

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va Google kompaniyasining davlat organlari bilan hamkorlik va ommaviy siyosat boshqarmasi boshlig‘i Olga Skoroxodova o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi. 

 

Maʼlum qilinishicha, uchrashuv avvalida mehmonlarga IT-Park faoliyati, rezidentlar uchun yaratib berilgan sharoitlar, xorijiy kompaniyalar uchun imkoniyatlar bo‘yicha maʼlumotlar berilgan. Shundan so‘ng O‘zbekiston IT va BPO sohalarini yana-da rivojlantirish hamda kadrlar salohiyatini oshirish masalalariga eʼtibor qaratildi.

 

Shuningdek, tomonlar AKT sohasidagi ish o‘rinlari, vakolatlar va taʼlim yo‘nalishida hamkorlik bo‘yicha ham fikr almashishdi. 

 

Bundan tashqari, tajriba almashish va malakali mutaxassislar sonini ko‘paytirish maqsadida Google va O‘zbekistonning asosiy IT-kompaniyalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ham muhokama qilindi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"