O'zbekiston

Belgilanmagan joyga chiqindi tashlaganlik uchun BHMning 300 baravarigacha jarima qo‘llanilishi mumkin

Shuningdek, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun ham jarima miqdori oshiriladi.

Belgilanmagan joyga chiqindi tashlaganlik uchun BHMning 300 baravarigacha jarima qo‘llanilishi mumkin

 

Prezidentning «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bilan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar tayyorlanadi. Bu haqda Telegramdagi «Nigoh» kanali xabar berdi.

 

Xususan, ekologiya va atrof-muhitga zarar yetkazish, o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini nobud qilish yoki ularga shikast yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlarni og‘ir jinoyatlar toifasiga kiritiladi

 

Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar, qimmatbaho navlarning kesilishiga qo‘yilgan moratoriy talablarini buzganlik uchun maʼmuriy jarimalar miqdorini 5 baravarga oshiriladi. Bunda, qo‘shimcha ravishda noqonuniy kesilgan daraxt o‘rniga kompensatsiyaviy daraxt ko‘chatlarini aynan daraxt kesilgan joyga ekish majburiyatini belgilash hamda yuridik shaxslarga nisbatan BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha bo‘lgan miqdorda moliyaviy jarimalar qo‘llash joriy etiladi.

 

Shuningdek, «O‘zbekiston Qizil» kitobiga kiritilgan hayvonlarning noqonuniy ovlanishi oqibatida hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undirish summalarini 10 baravarga hamda o‘simliklarni o‘sishdan to‘xtash darajasigacha shikastlantirish yoki yo‘q qilish bilan ularga yetkazilgan zarar uchun undiriladigan summa miqdori 5 baravarga oshiriladi.

 

Shu bilan birga, sanoat, maishiy va boshqa chiqindilarni to‘plash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va realizasiya qilish chog‘ida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini belgilanmagan joylarga tashlash hamda suyuq maishiy chiqindilarni to‘kkanlik uchun maʼmuriy jarimalar miqdorini 10 baravarga oshirgan holda qo‘llash rejalashtirilmoqda.

 

Unga ko‘ra, qo‘shimcha ravishda yuridik shaxslarga nisbatan BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha bo‘lgan miqdorda moliyaviy jarimalar qo‘llashni joriy etish hamda hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun maʼmuriy jarimalar miqdorini 10 baravarga oshirish va ushbu huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarni hayvonlarni boqish huquqidan mahrum etishga mo‘ljallangan normativ-huquqiy hujjatlar tayyorlanadi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"