O'zbekiston

Advokatlik guvohnomasini berish tartibi belgilandi

Bu bo‘yicha Hukumat qarori tasdiqlandi.

Advokatlik guvohnomasini berish tartibi belgilandi

 

1 iyun kuni Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Advokatlik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirlining “Huquqiy axborot” telegram-kanalida maʼlumot berildi.

 

Nizomga muvofiq, advokatlik guvohnomasi advokatlik tuzilmasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joy bo‘yicha hududiy adliya organlari tomonidan 10 yilga beriladi.

 

Talabgor advokatlik tuzilmasiga qabul qilingandan so‘ng advokatlik guvohnomasini olish uchun arizani “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali elektron shaklda adliya organiga yuboradi.

 

Advokatlik guvohnomasini berish uchun to‘lov undirilmaydi.

 

Ariza yuborilgandan so‘ng 2 ish kunida advokatlik guvohnomasi beriladi.

 

Advokatlik guvohnomasi tayyor bo‘lishi bilan talabgorga axborot tizimi orqali real vaqt rejimida xabarnoma yuboriladi.

 

Talabgorga advokatlik guvohnomasini berish quyidagi hollarda rad etiladi:

 

—talabgor advokatlik tuzilmasini tashkil etmagan yoki mavjud advokatlik tuzilmalaridan biriga qabul qilinmagan bo‘lsa;

—talabgor advokat qasamyodini qabul qilmagan bo‘lsa.

 

Advokatlik guvohnomasi undagi maxsus QR-kodni skanerlash imkoni bo‘lmaydigan darajada yaroqsiz holga kelganda haqiqiy emas deb hisoblanadi.

 

Advokatlik guvohnomasi undagi maxsus QR-kod (matrik shtrixli kod) tasvirini yaroqsiz holatga kelishining oldini olish imkoni beradigan texnologiyada tayyorlanishi taʼminlanadi.

 

Advokatlik guvohnomasi quyidagi hollarda qayta rasmiylashtiriladi:

 

—advokatning familiyasi, ismi yoki otasining ismi o‘zgarganda, uning litsenziyasi qayta rasmiylashtirilgandan so‘ng;

—advokat boshqa adliya organi joylashgan hududda ro‘yxatdan o‘tgan advokatlik tuzilmasiga kirganda;

—advokatlik guvohnomasining amal qilish muddati tugaganda;

—advokatlik guvohnomasi yo‘qotilgan yoxud yaroqsiz holga kelganda.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"