O'zbekiston

Kir yuvish mashinalari «o‘ziga to‘q» ayollar sonini oshirishi mumkin

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, kir mashinasida kir yuvish uchun ayollar o‘rtacha 17 daqiqa vaqt sarflaydi.

Kir yuvish mashinalari «o‘ziga to‘q» ayollar sonini oshirishi mumkin

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ekspertlari O‘zbekistonda ayollarning kir yuvish mashinalari bilan taʼminlanishi ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligiga qanday taʼsir qilishini aniqlashga qartilgan tadqiqot o‘tkazdi.

 

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, kir mashinasida kir yuvish uchun ayollar o‘rtacha 17 daqiqa vaqt (kirni saralab mashinaga solish va undan so‘ng qurishi uchun osish) sarflaydi. Qo‘lda kiyimlarni yuvish o‘rtacha 1 soat-u 30 daqiqadan 2 soatu 30 daqiqagacha davom etadi.

 



«Agar uy xo‘jaliklarining kir yuvish mashinalari bilan taʼminlanganlik darajasi 1 foizga oshadigan bo‘lsa, bu iqtisodiy faol ayollar sonining 1,9 foiz oshishiga yordam beradi. Ayollar, ayniqsa qishloqlarda istiqomat qiluvchi ayollarning kundalik hayotda avtomat kir yuvish mashinalaridan foydalanishi bir haftada o‘rtacha 4 soat vaqtni tejash imkonini beradi. Bu vaqtni esa farzandlarning taʼlim-tarbiyasi uchun sarflash mumkin. Kir yuvish mashinalaridan foydalanish suv va energiya sarfining kamayishiga ham olib keladi», — deyiladi ekspertlar xulosasida.

 

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistondagi har 100 ta uy xo‘jaligining 95 tasida kir yuvish mashinasi bor. Kir yuvish mashinalari bilan taʼminlanganlik ko‘rsatkichi Sirdaryo viloyatida eng past - 83 ta, Toshkent shahrida esa eng yuqori - 128 ta.



Ekspertlarning taʼkidlashicha, Statistika agentligining uy xo‘jaliklari so‘rovida kir yuvish mashinalarining turi (avtomat, yarim avtomat) yoki qanday maqsadlarda foydalanilishi (qishloqlarda sutdan qaymoqni ajratish maqsadlarida ham foydalaniladi) so‘ralmaydi va shahar-qishloq kesimida maʼlumotlar keltirilmaydi. Shuning uchun uy xo‘jaliklarining 100 tadan 96 tasida avtomat kir yuvish mashinasi bor va ulardan aynan kir yuvishda foydaniladi, deyish biroz mushkul, deydi mutaxassislar.

custom img

Samarqandda MIB orqali garovdagi mulk topilib, xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro bankdan olgan qarzini to‘lamay kelgan. Garov evaziga qo‘yilgan avtomashinasini esa yashirib qo‘ygan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

Davlat rahbari safarini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi

Yuk mashinasi harakatlanib ketayotgan vaqtda bola piyodalar o‘tish joyidan yugurib chiqqan.

custom img

Qo‘qondagi ko‘p qavatli uyda portlash yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Tergov-tezkor guruhi tuzilib, hodisa sabablarini aniqlash va hujjatlashtirish ishlari boshlangan.

custom img

Misrda vafot etgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga qaytarildi

Elchixona diplomatlari tomonidan mahrumning yaqinlariga aviakompaniya bilan bog‘liq va dafn marosimlari kabi tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam berildi.

custom img

Jizzax viloyatida ta’lim sohasi mansabdori pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi

U Maktabgacha ta’lim tashkilotida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga muassasa rahbaridan 4 million 800 ming so‘m pul talab qilgan.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada bolani yuqori kuchlanishli tok urdi

Hodisa oqibatida bolaning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetgan.

custom img

Toshkentning 9 ta hududida yangi jamoat parklari barpo etiladi

Prezident poytaxtda urbanizatsiya jarayonlari va yashil hududlarni kengaytirish boʻyicha takliflar bilan tanishdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"