O'zbekiston

Taʼmirtalab yo‘llar taʼmirlanmoqda

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika Ishchi guruhi o‘z faoliyatini Andijon  viloyatida davom ettirmoqda.

Taʼmirtalab yo‘llar taʼmirlanmoqda

 

Ishchi guruh tarkibiga Prezident Administratsiyasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Xalq qabulxonalarining masʼul xodimlari, 13 ta respublika vazirlik va idoralari hamda viloyat, tuman va shahar sektorlari, sohaviy tashkilotlar rahbarlari jalb etilgan.

 

O‘tgan davr mobaynida hududda aholi uchun dolzarb bo‘lib turgan muammolarni hal etish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi.

 

Jumladan, yo‘l, kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma holatini yaxshilash maqsadida ichki yo‘llarning jami 260,8 km qismi taʼmirlandi. Shundan, 173,7 km yo‘lga shag‘al (shu jumladan, 12 ta og‘ir mahallada 73,6 km) yotqizildi, 5,7 km yo‘l betonlashtirildi, 81,4 km yo‘l asfalt qilindi.

 

 

Aholini ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasini yaxshilash maqsadida 13,6 km ichimlik suvi tarmog‘i tortildi, 3 ta tik quduq (skvajina) qayta tozalandi, 1 dona suv minoralari o‘rnatildi, 38 ta suv nasoslari taʼmirlanib qayta o‘rnatildi va 12 ta suv nasoslari yangilandi.

 

Aholiga qo‘shimcha 5 649 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. 16 985 ta aholi xonadonlaridagi gaz jihozlari texnik ko‘rigi tashkil etildi, 262 ta gaz taqsimlash punktlarida mukammal taʼmirlash va diagnostika ishlari amalga oshirildi, 173 ta yangi gaz ballon yetkazib berildi, 29,6 km gaz quvurlari havo bosimi ostida tozalandi va sinovdan o‘tkazildi, 32,8 km gaz quvurlari tartibga keltirildi.

 

 

Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 126 ta transformator punktlari mukammal taʼmirlandi, 361,7 km elektr uzatish tarmoqlari joriy taʼmirlandi, 22,6 km yangi elektr uzatish tarmoqlari tortildi,136 km elektr uzatish tarmoqlari daraxt shoxlaridan tozalandi va 60 ta temir-beton ustunlar o‘rnatildi.

 

 

Viloyatida o‘tkazilgan tibbiy ko‘riklar natijasida 201 618 nafar fuqarolar qamrab olindi, 70 116 nafar fuqaroda turli kasalliklar aniqlangan bo‘lib, 1 254 nafari (20 nafari Respublika va 1 234 nafari viloyat, shahar, tuman miqyosidagi) shifoxonalarga yotqizildi va 69 094 nafar fuqaroga ambulator sharoitda davolanish yuzasidan tavsiyalar berildi. Oilaviy poliklinikalarda 156 178 nafar bemorlarga bepul dori-darmon tarqatildi.

 

Ishlar davom etmoqda.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"