O'zbekiston

Bugundan qonunchilikda nimalar o'zgardi?

1-iyundan bir qator o‘zgarish va yangiliklar kuchga kirdi.

Bugundan qonunchilikda nimalar o'zgardi?

 

Savdo-sotiqni tun-u kun amalga oshirish mumkin bo‘ladi

 

Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarining faoliyat ko‘rsatish vaqtiga nisbatan cheklovlar prezidentning 8-maydagi “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni bilan bekor qilinmoqda.

 

P2P hisob-fakturalar talab etilmaydi

 

To‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar jismoniy shaxslar o‘rtasida pul o‘tkazmalari amalga oshirilganda, ularga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun elektron hisobvaraq-fakturalar taqdim etish talabi bekor qilinmoqda.

 

Telekommunikatsiya vositalarini ijarada joylashtirish yangi qoidalar bo‘yicha amalga oshiriladi

 

Jismoniy va yuridik shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalari, bino va inshootlarda telekommunikatsiya vositalarini o‘rnatish shartnomasini rasmiylashtirish bo‘yicha yangi talablar kiritilmoqda.

 

Kreditlarni biometrik identifikatsiya orqali berish boshlanadi

 

Markaziy bank, vakolatli banklar Personallashtirish agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda aholi va tadbirkorlik subyektlariga kredit ajratish jarayonida qarz oluvchini ID-kartadagi (biometrik pasportdagi) biometrik ma’lumotlar asosida identifikatsiya qilishni yo‘lga qo‘yishi belgilangan.

 

Vafot etgan harbiylar oilalariga qo‘shimcha imtiyozlar taqdim etilmoqda

 

Jumladan, halok bo‘lgan harbiy xizmatchining (xodimning) farzandlari maktabgacha taʼlim muassasalarida bepul tarbiyalanishi, shuningdek, professional va oliy taʼlim muassasalarida davlat granti asosida qo‘shimcha kvotalar bo‘yicha taʼlim olishi taʼminlanadi; uning ota-onalariga yiliga 2 marta temiryo‘l va havo yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanish huquqi beriladi va boshqalar.

 

Qishda talafot ko‘rgan tadbirkorlik subyektlarining taqdim etilgan kredit taʼtillari tugamoqda

 

Muqaddam Markaziy bank va tijorat banklariga qish mavsumida talafot ko‘rgan tadbirkorlik subyektlarining kreditlari bo‘yicha 2023-yil yanvar–mart oylari uchun to‘lovlar muddatini 2023-yil 1-iyunga qadar uzaytirish topshirig‘i berilgan edi.

 

“Yashil sertifikatlar” tizimi joriy etiladi

 

Tizim mahsulotlarni ishlab chiqarishda ekologiya va atrof-muhitga taʼsirni cheklash bo‘yicha qo‘yilayotgan talablar asosida joriy etilmoqda.

 

Chaqaloqlarni FHDY tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish tibbiyot muassasalari orqali amalga oshiriladi

 

Toshkentda mazkur tartib yil boshidan joriy etilgan bo‘lib, 1-iyundan respublika bo‘yicha joriy etiladi.

 

Sud-ekspertiza tashkilotlariga berilgan bojxona imtiyozlari bekor qilinmoqda

 

Davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari 1-iyunga qadar O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan:

  • asbob-uskunalar, maxsus jihozlangan avtotransport vositalari, dasturiy taʼminotlar, reaktivlar, reagentlar va sarflash materiallari;

  • ushbu tashkilotlarning faoliyatini taʼminlash uchun zarur, foydalanishda bo‘lgan asbob-uskunalarning ehtiyot qismlari bojxona to‘lovlaridan (QQS va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod qilingan edi.

custom img

“YEROSTIGAZ” AJ tomonidan korxonadan asossiz 2,8 mlrd so‘m mablag‘ olingani aniqlandi

Tarifni deklaratsiyasiz oshirish holati yuzasidan AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

custom img

Samarqandda MIB orqali garovdagi mulk topilib, xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro bankdan olgan qarzini to‘lamay kelgan. Garov evaziga qo‘yilgan avtomashinasini esa yashirib qo‘ygan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

Davlat rahbari safarini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi

Yuk mashinasi harakatlanib ketayotgan vaqtda bola piyodalar o‘tish joyidan yugurib chiqqan.

custom img

Qo‘qondagi ko‘p qavatli uyda portlash yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Tergov-tezkor guruhi tuzilib, hodisa sabablarini aniqlash va hujjatlashtirish ishlari boshlangan.

custom img

Misrda vafot etgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga qaytarildi

Elchixona diplomatlari tomonidan mahrumning yaqinlariga aviakompaniya bilan bog‘liq va dafn marosimlari kabi tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam berildi.

custom img

Jizzax viloyatida ta’lim sohasi mansabdori pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi

U Maktabgacha ta’lim tashkilotida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga muassasa rahbaridan 4 million 800 ming so‘m pul talab qilgan.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada bolani yuqori kuchlanishli tok urdi

Hodisa oqibatida bolaning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"